Egizaklar (21 may – 21 iyun)

Ramzlari: egizaklar, niqob, qo‘l, yulduz.
Ranglari: limonrang, binafsharang, och sariq, kulrang, zangori (yashil– omadsiz rang).
Toshlari: xizopras, berill, yoqut, tog‘ kristali, aqiq, yashma.
Gullari: dastorgul, lolaqizg‘aldoq, ayiqtovon, yasmin, nargis.
Omadli raqamlari: 3, 12, 15, 18.
Omadli kunlari: chorshanba, yakshanba.
Omadsiz kuni: payshanba.
21-31 may oralig‘ida tug‘ilgan egizaklar burji vakillarini Yupiter sayyorasi boshqaradi. Ular mag‘lubiyatga uchrashi aniq bo‘lgan vaziyatlarga ko‘nika olmasa, hayotini xazon qilishi mumkin. Chekinishni istamaydi. Qiyinchiliklar (masalan, ajrashish) dan qattiq aziyat chekadi. Fanlar, yurisprudensiya, o‘qituvchilik, publisistika borasida noyob qobiliyatga ega. Yozuvchilikka iqtidori bor. Bag‘ri keng inson. Kelajakka umid, ishonch bilan qaraydi. Istiqbolli rejalar tuzishga usta.
1-10 iyun oralig‘ida tug‘ilgan egizaklar burji vakillarini Mars boshqaradi. Ular mohir notiq, Odamlarni o‘z g‘oyalariga ishontirib, ortidan ergashtira oladi. Ajoyib hikoyachi. Yoshligida turli jarohatlar olishi mumkin. Keksaygunicha ishqiy lazzatdan mosuvo bo‘lmaydi. Turli sohalarga qiziqadi.
Harakatlari va gap-so‘zlari keskin. G‘ayrat-shijoatli va omadli tadbirkor. Raqobatlashish va g‘alaba qozonish xususiyati qonida bor. Tez jahli chiqadi. Har qadamda jarohat olib turishi mumkin.
11-21 iyun oralig‘ida tug‘ilgan egizaklar burji vakillarini Quyosh boshqaradi. Ularning bolalik va o‘smirlik yillari qiyinchilikda o‘tadi. Ko‘plab sinovlarga duch keladi. Shu tariqa toblanadi. Hayoti sarguzashtlar, ehtiroslar, xavf-xatarga boy bo‘ladi. Dunyoga faylasufona qaraydi. Qarindoshlarining e’tiborsizligidan qiynaladi. Oila qurishi ham murakkab kechadi.
Aqliy qobiliyati kuchli. Doimo ijod bilan mashg‘ul. Chiroyli gapirishni sevadi va uning uddasidan chiqadi. O‘ziga ishonadi. Ba’zida o‘zgalar fikriga toqat qilolmaydi. Qanchalik tez pul ishlab topsa, uni shunchalik tez sarflay oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing