Har bir ayol yuzidan biror-bir kamchilik topishi mumkin, lekin xavotirga o‘rin yo‘q — shunchaki makiyaj yordamida ularni qanday yashirishni o‘rganish lozim. Chunki birgina makiyaj bilan yuzdagi afzalliklarga urg‘u berish va kamchiliklarni berkitish juda oson. M.A.C vizajisti Anton Zimin kosmetik vositalar yordamida kamchiliklarni qanday tuzatish kerakligini ma’lum qildi, deb yozadi «Noviy ochag».
Juda keng burun
Foto: «Noviy ochag»
Burunni vizual ravishda kichraytirish uchun teri rangidan quyuqroq upa va biroz ochroq konsiler yordam beradi. Kichkina tekis cho‘tka bilan upa burun ko‘prigi bo‘ylab ikki qator chiziladi. Shundan so‘ng burun ko‘prigining o‘rtasidan konsiler surtiladi. Burun kichraytirish uchun xuddi suratdagidek shakl hosil qilish lozim. Keyingi bosqich yengil harakat yordamida ranglarni burun terisiga singdirishdir. Natijada burun ingichka va uzun ko‘rinish hosil qiladi.
Shishgan yonoqlar
Foto: «Noviy ochag»
Keng yonoqlarni vizual ravishda torroq qilish uchun ikki rangdagi rumyanadan foydalanish kerak. Birinchisi pushti yoki shaftolirang rumyanani cho‘tkalar bilan yonoqlarning o‘rtasidan yuqoriga yo‘naltiriladi va ehtiyotkorlik bilan surtiladi, bu yuzga cho‘ziq shakl beradi. Yonoq suyaklarini yanada chiroyli qilish uchun terining rangidan ikki marta quyuqroq rumyana yoki upa yordam beradi. Xuddi shu cho‘tka bilan yonoq suyagi ostiga ham rumyana yoki upa lab burchaklariga qarab surtiladi.
Uchli iyak
Foto: «Noviy ochag»
Tor va uchli iyakka hajm qo‘shish uchun yorqin rangdagi kukun iyakning o‘rtasiga oz miqdorda qo‘llanadi. Shuningdek, labning ikki yoni va yuqori qismiga ham surtiladi. Biroz quyuqroq rangdagi konsiler iyak chizig‘i bo‘ylab cho‘tkada yoyib chiqiladi. Natijada iyak chiroyli ko‘rinishni hosil qiladi.
Juda katta peshona
Foto: «Noviy ochag»
Yuz terisidan biroz quyuqroq bo‘lgan konsiler yordamida peshonani kichikroq ko‘rinishga keltirish mumkin. Dastlab yuzning boshqa qismiga surtilgan upalardan to‘q rangdagi konsiler peshonaning eng yuqori chegarasiga surtiladi hamda cho‘tka yordamida soha bo‘ylab yoyib chiqiladi.
Ingichka lablar
Foto: «Noviy ochag»
Bir necha oson usullar bilan lablar hajmini kengaytirish mumkin. Birinchidan, lablarga namlovchi balzam surtiladi. Keyin yuqori va pastki lablarning barcha chiziqlari bo‘ylab xaylayter surtiladi, u barmoq uchi bilan aralashtiriladi. Nihoyat, labning o‘rta qismiga lab bo‘yog‘i va ustidan blesk qo‘llanadi. Makiyajning oddiy kichik elemntlari yordamida yuzdagi kamchiliklarni yashirish imkoni mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?