22:00 / 15.09.2022
1 477

Oziq-ovqatga tobelikni keltirib chiqaradigan 5 ta mahsulot

Oziq-ovqatga tobelikni keltirib chiqaradigan 5 ta mahsulot
Foto: «Lisa.ru»
Inson organizmi ayrim mahsulotlarga shu qadar o‘rganib qoladiki, natijada uni iste’mol qilish istagi tinch qo‘ymaydi, deb yozadi «Lisa.ru».

Shakar

Shakar va u mavjud bo‘lgan barcha pishiriq, shirinlik va boshqa narsalar odamlarda eng katta tobelikni keltirib chiqaradi. Shakarni dori deb atashlari ajablanarli emas, chunki u keltiradigan zavq giyohvandlikka tenglashtirilgan. Mutaxassislar giyohvand moddalar hamda shakarning to‘qlik va zavqlanish xususiyatining o‘xshashligi haqida ma’lum qilgan. Shu sababli shakarga tobelikdan qutulish juda qiyin hisoblanadi.

Gazlangan ichimliklar

Ishlab chiqaruvchilar gazlangan ichimliklar uchun shunday ta’mni yaratdiki, ular shirin va yoqimli, o‘zgacha hid va rangga ega bo‘ldi. Gazlangan ichimliklarni iste’mol qilish orqali chanqoqni qondirishga harakat qilinadi, lekin aksincha, uni yanada ko‘proq ichish istagi paydo bo‘ladi. Chunki unga shakar va lazzat kuchaytirgichlar qo‘shiladi. Ba’zi ichimliklarga esa kofein qo‘shiladi, ularni ichgandan so‘ng odam o‘zini quvnoq va juda faol his qiladi. Natijada bu kabi ichimliklarga o‘rganib qolish hissi paydo bo‘ladi.

Fastfud

Lazzat kuchaytirgichlar har qanday fastfud mahsulotiga qo‘shiladi, ular shunday ta’sir ko‘rsatadiki, bunday yeguliklar oldida boshqa tabiiy, sog‘lom, ziravorlarsiz taomlar mazasizdek tuyiladi. Tabiiyki, fastfud iste’mol qilish istagi tinch qo‘ymaydi, chunki oziq-ovqat retseptorlari lazzat kuchaytirgichlarga o‘rganib qoladi.

Zararli yeguliklar

Bularga chips, popkorn, kreker va shunga o‘xshash yeguliklar kiradi. Bular odam och qolganda emas, balki kino tomosha qilish yoki shunchaki ovqatdan zavqlanish uchun iste’mol qilinadigan yeguliklardir. Bundan tashqari, shuni ta’kidlash mumkinki, bunday mahsulotlarning barchasida ko‘p miqdorda tuz, ziravor, lazzat kuchaytirgichlar mavjud bo‘lib, ular ham tobelikni keltirib chiqaradi.

Intuitiv ravishda tanlangan mahsulotlar

Ushbu toifadagi mahsulotlar har xil bo‘lishi mumkin, chunki u organizmda yetishmayotgan ozuqa moddalari va vitaminlarning ma’lum bir qismini qoplash uchun iste’mol qilinadigan narsalarni o‘z ichiga oladi. Bunday mahsulotlarning eng yorqin misollaridan biri pishloqdir.

Pishloq tarkibida ruhiy holat va uyqu sifatini yaxshilaydigan alfa-aminokislota triptofan mavjud, chunki triptofan yaxshi kayfiyat gormoni bo‘lgan serotonin sintezida ishtirok etadi. Triptofan inson organizmi tomonidan ishlab chiqarilmaydi, shuning uchun faqat oziq-ovqatdan kerakli miqdorda olish mumkin.

Pishloqdan tashqari triptofan kurka go‘shti, tovuq, baliq, qovoq urug‘lari, kunjut, tuxum, sut mahsulotlari va, albatta, shokoladda mavjud. Ushbu mahsulotlarning har birini shunchalik yaxshi ko‘rish mumkinligidan ko‘pincha ularga qaram bo‘lish holati kuzatiladi.

Qoida tariqasida, inson o‘zi oziq-ovqat tanlaydi, u bilan ba’zi moddalarning yetishmasligini intuitiv ravishda qoplashga harakat qiladi. Ba’zi hollarda, sevimli mahsulotni tanlash, bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj o‘z-o‘zidan yo‘qolguncha vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Masalan, limondan doimiy foydalanish, uni ichimliklarga, suvga va hokazolarga qo‘shish holatlari bo‘ladi. Ko‘pincha bu oshqozon kislotasining kamligi bilan bog‘liq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oziq-ovqatga tobelikni keltirib chiqaradigan 5 ta mahsulot