13:26 / 19.09.2022
1 139

Ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kundalik odatlar

Ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kundalik odatlar
Foto: Marie Claire
Alohida qaralganda, har bir odat ahamiyatsiz bo‘lib tuyilishi mumkin, ammo ular samaradorlikka katta ta’sir ko‘rsatadi. Ularning aksariyati zavq bag‘ishlashi bilan birga, uzoq muddat davomida zarar ham yetkazishi mumkin, deb yozadi Lifehacker.

Internetda vaqt o‘tkazish

Diqqatni jamlash va biror-bir narsaga to‘liq sho‘ng‘ish uchun o‘rtacha 15 daqiqa vaqt ketadi. Agar yangiliklarni o‘qish, ijtimoiy tarmoqlarga kirish yoki video tomosha qilish uchun ishdan chalg‘ishga to‘g‘ri kelsa, yana 15 daqiqa ishni boshlash uchun kerak bo‘ladi. Xodim o‘z ishidan qancha ko‘p chalg‘isa, unumdorlik shuncha kamayadi.

Perfeksionizmga intilish

Ko‘pchilik biror narsani boshlash kerak bo‘lganda, o‘z g‘oyasi yoki ishi idealga mos kelmaydi deb, talvasaga tushib qoladi. Ammo hech qachon biror ish boshlanmasa va g‘oyalarga shakl berish imkoniyatidan foydalanilmasa, qanday qilib biror narsaga erishish mumkin? Yozuvchi Jodi Pikolt aytganidek:«Yomon yozilgan sahifani tahrirlash mumkin, ammo bo‘sh sahifani emas».

Uchrashuvlarga borish

Uchrashuvlar ko‘p ish vaqtini o‘g‘irlaydi, shuning uchun iloji bo‘lsa, ulardan voz kechishga harakat qilish kerak. Agar chindan ham muhim bir narsa muhokama qilinsa, oldindan belgilangan jadvalga rioya qilish mumkin. Vaqt chegarasi aniq bo‘lsa, hamma uchun diqqatni jamlash osonroq bo‘ladi.

Xatlar kelishi bilanoq ularga javob berish

Ijtimoiy tarmoqlarning chalg‘itishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Xabarlarni bir vaqtning o‘zida tekshirish va eng muhim mijozlarning xabarlari uchun bildirishnomalarni o‘rnatish mumkin. Lekin ularni har daqiqada tekshirish va javob yozishga shoshilish ham samaradorlikka putur yetkazadi.

Ertalab uxlab qolish

Uyqu bir necha sikllarga bo‘linadi, ikkinchisi uyg‘ongandan keyin hushyor va faol bo‘lishga tayyorlaydi. Shuning uchun ba’zida uyg‘otkichdan oldin uyg‘onish holati kuzatiladi.

Ammo yana uxlashga qaror qilinsa, unda yaxshi kayfiyat yo‘qoladi va charchagan holda uyg‘oniladi. Bu holat bir necha soat davom etishi mumkin. Shuning uchun tongda uyqu qochgan zahoti uyg‘onish tavsiya etiladi. Aks holda kun davomida charchoq qiynaydi.

Bir vaqtning o‘zida bir nechta ishlarni bajarish

Stenford universiteti tadqiqotchilari bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni bajaradigan odamlar, faqat bitta ish bilan band bo‘lganlarga qaraganda, diqqatni jamlash yoki biror narsani eslab qolish qiyinroq ekanini aniqladi.

Bir vaqtning o‘zida ikkita ishni bajarishga harakat qilinsa, miya ikkalasini ham bir xil darajada bajara olmaydi. Hatto ko‘p vazifalarni bajarish ishlarni tezroq tugatishga yordam berishiga amin bo‘lganlar ham sinov natijalariga ko‘ra, ishlarni ketma-ket bajarganlardan orqada qoladi.

Qiyin ishlarni kechiktirish

Insonda cheklangan miqdordagi ruhiy energiya mavjud. U sarflanganda, qaror qabul qilish qobiliyati va samaradorlik keskin pasayadi. Ushbu hodisa qaror charchoqlari deb ataladi. Qo‘rqitadigan murakkab ishlarni kechqurungacha qoldirish ishni yanada qiyinlashtiradi. Shuning uchun birinchi bo‘lib murakkab ishlarni yakunlash tavsiya etiladi. Natijada kunning qolgan qismida ortiqcha zo‘riqish kuzatilmaydi.

Uyquga yotishdan oldin elektron qurilmalardan foydalanish

Ko‘k nur uyqu sifati va kayfiyatga ta’sir qiladi. U ko‘zning to‘r pardasiga tushganda, uyquni keltirib chiqaradigan melatonin gormoni ishlab chiqarishni to‘xtatadi va organizmni yanada uyg‘oq his qilishga yordam beradi. Ertalab quyosh nurida bunday ko‘k nurning yuqori miqdori mavjud bo‘lib, tushdan keyin kamayadi. Organizmda yana melatonin ishlab chiqariladi, natijada uyqu keladi.

Ko‘p shirinlik iste’mol qilish

Glyukoza diqqatni jamlash uchun yordam beradi. Agar uning qondagi darajasi juda past bo‘lsa, organizmda charchoq paydo bo‘ladi, diqqatni jamlashda qiyinchilik yuzaga keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘zini yaxshi his qilishi uchun 25 gramm glyukoza yetarli. Ularni ko‘plab mahsulotlardan olish mumkin, farqi faqat ta’siri qancha davom etishida. Shirinliklar, gazli ichimlik va shakar bilan boyitilgan boshqa mahsulotlar atigi 20 daqiqa davomida tetiklik hissini beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kundalik odatlar