Foto: Marie Claire
Hammada ham qandaydir tonggi odatlar mavjud bo‘lishi tabiiy. Ammo ularning tashqi ko‘rinishga ta’sir o‘tkazishini ko‘pchilik bilmaydi. Marie Claire nashri yoshlik bilan xayrlashishga va yuz terisini qarishiga olib keluvchi odatlar haqda so‘z yuritdi.
Juda ko‘p qahva ichish
Ertalab ikki chashka qahva ichgandan keyin oddiy suv ichishni ham unutmaslik lozim. Mutaxassislar ichadigan qahva yoki choy miqdorini iste’mol qilinadigan suvga mos ravishda taqsimlashni tavsiya qiladi. «Bu gidratsiya darajasini kuzatishning ajoyib usuli», — deydi Julius Fyu Estetik plastik jarrohlik instituti teri klinikasi direktori.
Yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilmaslik — bu erta qarishga olib kelishi mumkin. Natijada teri nafaqat quruq, balki dag‘al ko‘rinishga kelib qoladi. Shuningdek, teridagi teshiklar yaqqol ko‘rinib turadi, sababi teri suvsizlik tufayli elastikligini yo‘qotadi.
Haddan tashqari ko‘p tozalash
Tungi uyqudan so‘ng terini zo‘riqtirish emas, balki uyg‘otish kerak. U haddan tashqari ko‘p tozalanmasligi va tabiiy yog‘lardan mahrum bo‘lmasligi lozim. «Yuzingizni qaritadigan birinchi narsa — bu haddan tashqari quruqlik», — deydi Julius Fyu.
Issiqlik va qattiq sovuq havo tufayli qurib ketishdan tashqari, yosh o‘tishi bilan bog‘liq ravishda yog‘ ishlab chiqarish ham kamayadi, terining qurishi yanada ortadi. Natijada ajinlar va teshiklar ko‘paya boshlaydi, yuz rangi oqarib ketadi. Shuning uchun, terapevtik vositalar va skrablar bilan tozalashni kechqurun amalga oshirgan yaxshi, ertalab esa faqat iliq suvdan foydalanish tavsiya etiladi.
Jismoniy mashqlar yetishmasligi
«Mashq qilish yuzda mikrotsirkulyatsiyani faollashtiradi, bu esa terining namlanishini yaxshilashga yordam beradi. Odamlar odatda mashg‘ulotdan keyin yoshroq ko‘rinadi», — deydi doktor Fyu.
Jismoniy mashqlarsiz teri rangi oqarib ko‘rinishi mumkin, shuning uchun ba’zida qomat uchun emas, balki porloq teri uchun mashq qilish kerak. 2015 yilda Aging Cell jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, muntazam jismoniy faollik teri qarishining oldini olishga yordam beradi. Bu kunni sport zalida o‘tkazish shart degani emas. Atigi kuniga 20 daqiqa mashq qilish yoshlikni uzoqroq muddatga saqlab qolish uchun kifoya.
Himoya vositalaridan foydalanmaslik
«Quyoshning ultrabinafsha nurlari xavfini yaxshi bilsangiz ham, diqqat qilish kerak bo‘lgan yana bir tashqi tahdid mavjud: ifloslantiruvchi moddalar, — deydi dermatolog Joys Imaxiyerobo-Ip. — Atrof-muhitimiz tobora ifloslanib bormoqda. Erkin radikallar teriga ta’sir qiladi, bu tadqiqotlar erta qarishni keltirib chiqaradi».
Terini himoya qilish uchun ertalab namlantiruvchi vosita qo‘llashdan oldin antioksidant sivorotkadan foydalanish lozim. C, E vitaminlari, ferul kislotasi, ko‘k choy yoki likopen tarkibli vositalarni ishlatish tavsiya etiladi.
Ko‘z parvarishining yetarli emasligi
Yuzning oval shakli juda sekin o‘zgaradi, ammo ko‘z atrofidagi teri bir necha yil ichida ajinlar bilan qoplanishi mumkin. Bu bir narsani anglatadi: bu sohaga imkon qadar ko‘proq e’tibor berilishi kerak. Ertalab va kechqurun teriga mos keladigan ko‘z kremidan foydalanish lozim. Agar terining osilishidan xavotirda bo‘lsangiz, gialuron kislotasini qo‘llash yoki ko‘zlar ostida qora doiralar bo‘lsa, kofeinni nazorat qilish muhim hisoblanadi. Patchlar terini barcha holatlarda qutqara olmaydi, lekin ba’zilarida foydali bo‘ladi. Bundan tashqari, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqish juda ham muhim.
Kosmetik vositadan noto‘g‘ri foydalanish
Ajin, chandiqlar yoki yoshga xos dog‘larni yopish uchun tonal kremini qalin qo‘llab, uni upa bilan yopish odati mavjud. Afsuski, bu bilan ajinlar faqat tiqilib qolishi mumkin, natijada ular ko‘zga yaqqol tashlanadi, ayniqsa, teri quruq bo‘lsa.
Bunday teriga ajinlarni tekislash uchun gialuron kislotasi kabi namlantiruvchi moddalarni o‘z ichiga olgan kosmetik mahsulot kerak. Uni sponj yordamida teri yuzasiga yupqa qilib qo‘llash, shundan so‘ng boshqa vositalardan foydalanish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?