23:57 / 29.10.2022
1 791

Mevalarni uzoq saqlaydigan to‘p, buyumlar uchun organayzer va tavsiya etiladigan boshqa oqilona xaridlar

Mevalarni uzoq saqlaydigan to‘p, buyumlar uchun organayzer va tavsiya etiladigan boshqa oqilona xaridlar
Foto: «Noviy ochag»
Ayollarning ishini biroz yengillashtirish maqsadida turli xil yangiliklar ishlab chiqarilmoqda. «Noviy ochag» nashri ularning bir nechtasi bilan tanishtirib o‘tdi.

Suv purkaydigan shvabra

Foto: «Noviy ochag»
Har bir uy bekasi orzu qiladigan mahsulot. Suv purkagichli shvabra nihoyatda qulay, uning yordamida og‘ir chelakni xonadan-xonaga olib yurishning keragi yo‘q. Shvabra taxminan 400 ml suv idishi va purkagich bilan jihozlangan. Idishdagi suv oz-ozdan purkaladi, shuning uchun uni tez-tez o‘zgartirishga hojat qolmaydi, xohishga ko‘ra, suvga sevimli pol yuvish vositasini qo‘shish mumkin. Bu shvabra ho‘l yoki quruq tozalash uchun kerak bo‘lgan hamma narsani ta’minlaydi va eng muhimi chelakdagi iflos suvni almashtirish shart emas.

Bosh yuvadigan massaj vositasi

Foto: «Noviy ochag»
Sochni zavq bilan yuvish va ayni paytda bosh terisiga g‘amxo‘rlik qilish uchun massaj qiluvchi vositani sotib oling. U terini yumshoq massaj qilib, qon aylanishini yaxshilash va soch o‘sishini rag‘batlantirish orqali yengil parvarishni ta’minlaydi. Yuvish paytida yoqimli, taskin beruvchi tuyg‘u paydo bo‘ladi. Ammo bu hammasi emas, shampun kamroq ishlatiladi, konditsioner va niqoblar samara beradi. Bir necha foydalanishdan keyin farqni sezish mumkin.

Barg yig‘uvchi vosita

Foto: «Noviy ochag»
Kuz faslida barglarni yig‘ish ham ko‘p vaqt talab etadi. Ushbu qulay vosita esa barglarni oson yig‘ishga yordam beradi. Ular bilan taxminan 5 barobar kamroq harakat qilish va shunga mos ravishda kamroq charchash mumkin.

Meva va sabzavotlarni uzoq saqlovchi muzlatkich to‘plari

Foto: «Noviy ochag»
Bunday to‘plar ko‘p joy egallamaydi va saqlash vaqtida turli xil mahsulotlar chiqaradigan eng yoqimsiz hidlarga dosh beradi. Ammo bu ularning asosiy afzalligi emas. Yomon hidlarni o‘ziga singdirishdan tashqari, ular chiqaradigan etilenni o‘zlashtirib, meva va sabzavotlarning saqlash muddatini uzaytirishi mumkin. To‘plar banan, avokado, kivi, olma yoki pomidorning muddatidan oldin buzilishi ehtimolini kamaytiradi.

Turli xil narsalarni saqlash uchun organayzer

Foto: «Noviy ochag»
Uyda nafaqat tashqi, balki ichki tartib bo‘lishini yaxshi ko‘radigan ozoda odamlarning eng sevimli gadjetlaridan biri. Bunday aylanadigan organayzer yordamida deyarli har qanday joyni mukammal tartib keltirish mumkin: oshxona, hammom, muzlatkich, dorilar va hokazo. Afzalligi aniq, narsalarni qidirishning hojati yo‘q, ularning barchasi ko‘rinadi, faqat qurilmani aylantirish kifoya.

Tova uchun moslama

Foto: «Noviy ochag»
Bunday moslama yordamida har doim bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi kerak bo‘lgan tovalarni saqlash muammosi hal qilinadi. Ushbu moslama yordamida tovalarni zararsiz holatda saqlash mumkin. Qolaversa, uning qulayligi ko‘p joy egallamasligidadir.

Krem qo‘llash vositasi

Foto: «Noviy ochag»
Ko‘proq kichik yoshdagi bolalar uchun qo‘l keladi. Ularga biror krem surtishda bir qancha muammolar paydo bo‘ladi. Qo‘llar bilan surtilgan krem kiyimga yopishib qolishi, qo‘l orqali bolaning badaniga bir qancha bakteriyalar o‘tishi mumkin. Ushbu vosita esa tashqi zararlardan himoya qiladi, faqat undan foydalanishdan avval dezinfeksiyalashni unutmaslik lozim.

Qopqoqlarni yo‘qotmaslik uchun flomaster ushlagichi

Foto: «Noviy ochag»
Ushlagichni sotib olish shart emas, chunki uni uyda ham yasash mumkin. Buning uchun bir parcha skotch kerak bo‘ladi. Skotchga flomaster to‘plami qo‘yiladi va ular o‘rab qo‘yiladi, qopqoqlar skotchdan biroz tashqariga chiqishi kerak. Ulardan foydlanish esa mutlaqo osonlashadi.

Foto: «Noviy ochag»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mevalarni uzoq saqlaydigan to‘p, buyumlar uchun organayzer va tavsiya etiladigan boshqa oqilona xaridlar