15:15 / 12.12.2022
1 271

Bekajonlar uchun foydali bo‘lgan oshxona sirlari

Bekajonlar uchun foydali bo‘lgan oshxona sirlari
Foto: Pinterest
Ushbu foydali maslahat va layfxaklar vaqt, oziq-ovqat va pulni tejashga yordam beradi, deb yozadi «Noviy ochag».
Tuxumlarning yangiligini tekshirib ko‘rishning oson usuli bor. Ularni shunchaki suvli idishga solish kifoya, yangi tuxum cho‘kib ketadi, eskisi esa suv yuzasida qoladi.

Sabzavotlarni yangidek saqlash uchun
Ko‘katlarni ular saqlanadigan qutilarning pastki qismiga yoyib chiqish kerak. Ular ortiqcha namlikni o‘zlashtiradi va sabzavotlarni chirishdan himoya qiladi.

Limon qurib qolmasligi uchun
Agar bir necha tomchi limon sharbati kerak bo‘lsa, limonni ikkiga bo‘lmaslik kerak, chunki u tez quriydi. Buning o‘rniga limonni teshib, kerakli miqdorda sharbatni siqib olish mumkin. Shunda limon uzoqroq saqlanadi.

Ko‘katlarni saqlash uchun
Uyda bir oy davomida ko‘katlarni saqlash uchun ularni yuvib, paketlarga solinadi va muzlatkichga qo‘ying. Ishlatishdan oldin muzdan eritmasdan ajratib olinadi va taomlarga solinadi. Bir daqiqadan so‘ng ko‘katlar muzdan eriydi va taomga maza qo‘shadi.

Hasharotlardan saqlanish uchun
Bir nechta lavr barglarini un, makaron va donli mahsulotlarga solib qo‘yilsa, hasharotlar paydo bo‘lmaydi.

Pishloq qurib qolmasligi uchun
Kesilgan pishloq bo‘lagi qurib qolmasligi uchun unga yog‘ surtiladi. Bu qattiq pishloqlar uchun samarali hisoblanadi.

Sabzavotni sersuv saqlash uchun
Agar turp, selder yoki sabzi suvsizlanib qolgan bo‘lsa, ularni muzli suvga botirib, xom kartoshka bo‘laklari qo‘shiladi. Ular yana avvalgi holatiga qaytadi.

Pishiriqlarni saqlash uchun
Qarsildoq va yumshoq pecheneni birga saqlamaslik kerak, chunki bu holda yumshoq pechene namligi qarsildoqlariga kirib boradi va ular o‘z xususiyatini yo‘qotadi.

Bananlarni saqlash uchun
Pishgan bananlarni alohida-alohida emas, balki dastasi bilan saqlash yaxshidir. Birgalikda ular uzoqroq saqlanadi.

Tuzni qotib qolmasligi uchun
Tuz bir-biriga yopishib qolmasligi uchun tuz idishiga bir oz guruch soling. Guruch tuzning qattiqlashishiga olib keladigan kondensatsiyani o‘zlashtiradi.

Sariyog‘ni muzlatib qo‘yish uchun
Yaxshi sariyog‘ni muzlatkichda olti oygacha sifatini yo‘qotmasdan saqlash mumkin. Faqat ularni yopiq idishga solish kerak, shunda yog‘ muzlatkichda saqlanadigan boshqa mahsulotlarning hidini o‘zlashtirmaydi.

Pishloqni muzlatish ham mumkin
Saqlash uchun pishloqni muzlatish ham mumkin. Bu usul yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan yumshoq pishloqlar uchun mos keladi. Bunday pishloqni havo o‘tkazmaydigan idishda muzlatish mumkin.

Sho‘rvaga ko‘p tuz solingan bo‘lsa
Ortiqcha tuzni o‘zlashtirish uchun xom kartoshka yoki olma yarmini qo‘shib, taom 10 daqiqa qaynatib olinadi va keyin kartoshka va olma olib tashlanadi. Agar sho‘rva shunda ham juda sho‘r bo‘lsa, bir osh qoshiq shakar qo‘shiladi. Bu ham yordam bermasa, bir osh qoshiq olma sirkasi solinadi.

Qattiq go‘shtni yumshoq holga keltirish
Pishirishdan oldin marinadlash go‘shtning qattiqligini yumshatishga yordam beradi. Marinadlash uchun quyidagi mahsulotlarni sinab ko‘ring: sirka, tsitrus yoki ananas sharbati, pomidor. Ularda go‘shtning qattiqligi bilan kurashadigan ferment va kislotalar mavjud.

Ko‘proq sharbat siqib olish uchun
Sitrus mevalardan sharbatni siqishdan oldin ularni stolda aylantirib, yaxshilab bosish kerak. Shunda ular ko‘proq sharbat beradi.

Meva pishishini tezlashtirish
Agar pishmagan meva sotib olingan bo‘lsa, uni 1 dona olma bilan paketga solish kerak. Olma o‘zidan etilen gazini chiqaradi, bu esa meva pishishni tezlashtiradi.

Oziq-ovqat idishlarini hiddan tozalash
Plastik oziq-ovqat idishlari yuvilgandan keyin ham ko‘pincha hidni saqlab qoladi. Yoqimsiz hidlarni yo‘qotish uchun g‘ijimlangan gazeta varag‘ida ishqalash tavsiya etiladi. Idishlar ishlatishdan oldin yana yuvib tashlanadi.

Nonni muzlatib qo‘yish
Qotgan nonni tashlab yubormaslik zarur. Uni kub shaklida kesib, muzlatib qo‘yish mumkin. Keyin nonlar qovurilib, sho‘rva yoki salatlarga qo‘shiladi.

Kuygan qozonni tozalash
Kuygan idishni tozalash uchun pastki qismiga iste’mol sodasi sepiladi, 4-5 osh osh qoshiq tuz qo‘shib, suv quyiladi va bir kechaga qoldiriladi. Keyin gubka bilan ishqalab, yuviladi.

Pishirlgan makaronni saqlash
Pishirilgan makaronni havo o‘tkazmaydigan qopqoqli idishga solib, muzlatkichga qo‘yiladi. Iste’mol qilishdan oldin makaronni qaynoq suvga bir necha soniyaga solish kifoya.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bekajonlar uchun foydali bo‘lgan oshxona sirlari