Foto: Marie Claire
Qanday qilib nonni uzoqroq saqlash mumkin? Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bitta oddiy layfxak uning saqlash muddatini olti barobarga oshiradi, deb yozadi Marie Claire.
Non — bu har bir uyda bo‘lishi kerak bo‘lgan mahsulotdir, lekin har doim ham uzoq vaqt u o‘zining yangiligini saqlab qololmaydi. Buning sababi, albatta, uni noto‘g‘ri saqlashda. Electronic Temperature Instruments kompaniyasi boshqaruvchi direktori Jeyson Uebb pishirilgan mahsulotlarning mukammal saqlanishiga qanday erishish mumkinlini ma’lum qildi.
Jeysonning so‘zlariga ko‘ra, non tezda sifati buziladigan 5 ta mahsulotdan biri biri, shuning uchun ham u doimiy ravishda xarid qilish ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. «Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash haqida juda ko‘p noto‘g‘ri tushunchalar mavjud, hech bo‘lmaganda non bilan bog‘liq», — deydi Uebb.
Albatta, ko‘pchilik har kuni iste’mol qiladigan mahsulotni optimal holatda saqlash juda muhimdir. Bu keraksiz xarajatlarning, qo‘shni do‘kondan yangi non izlash yoki oziq-ovqat yetkazib berishga buyurtma berish zaruratining oldini oladi. Non to‘g‘ri saqlanadigan bo‘lsa, bunday harakatlar talab qilinmaydi.
Nonlarni qanday qilib yumshoq, yangi saqlash va ularning eskirishini oldini olish kerak? Bu yerda birinchi navbatda nonni qayerda saqlash kerakligi haqidagi savolga javob berish muhimdir — muzlatkichdami yoki shkafda? Mutaxassisning ta’kidlashicha, ta’lim odamlarga qanday oziq-ovqatlarni va qachon iste’mol qilish xavfsiz ekanini yaxshiroq tushunishga yordam berishning kalitidir.
Foto: Marie Claire
«Nonni shkafda saqlash kerak, agar u muzlatkichga qo‘yilsa, taxminan olti baravar tezroq eskiradi, — deydi Jeyson Uebb. — Bu past haroratlarda kraxmal kristallanishga moyil bo‘lganligi sabablidir, muzlatkichda xona haroratiga qaraganda olti baravar tezroq sodir bo‘ladigan jarayon mavjud».
Oziq-ovqatlarni to‘g‘ri saqlashni bilish nafaqat pulni tejashga yordam beradi, balki inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiradi. «Isrof qilingan oziq-ovqat hayotning barcha bosqichlarida atrof-muhitga ta’sir qiladi va suv, tuproq va issiqxona gazlari nuqtai nazaridan atrof-muhitda o‘z izlarini qoldiradi», — deydi Webb.
Agar sotib olgan nonni yeyishga vaqt yo‘q bo‘lsa, muammodan qochishga yordam beradigan oddiy usul bor. Ushbu mashhur yegulikni saqlashning yana bir varianti muzlatishdir. Uyda tayyorlangan yoki sotib olingan non bo‘ladimi, bu chora uni bir necha oy davomida yangi saqlashga yordam beradi.
Foto: Marie Claire
Buning uchun bir necha oddiy qoidalarga amal qilish muhimdir. Oldindan nonni bo‘laklash keyin undan foydalanishni osonlashtiradi, chunki butun nonni muzdan tushirish va qismlarga ajratish uchun vaqt sarflash kerak bo‘lmaydi. Nonni kesishdan oldin nam va mog‘or yo‘qligi tekshiriladi. Bo‘laklarga bo‘lingach, u oziq-ovqat plyonkasiga mahkam o‘raladi va keyin yana folga yoki muzlatkich qog‘oziga solinadi. Ikkita qatlam o‘ram mahsulotni yangi saqlashga yordam beradi.
Foto: Marie Claire
Nonni muzlatkichga qo‘yishdan oldin mahsulotning qadoqdagi sanasiga e’tibor berish kerak. Olti oy ichida uni iste’mol qilsa bo‘ladi. Muzlatilgan nonni muzdan eritish uchun toster mashinasidan foydalanish mumkin — u oddiy nonga qaraganda bir oz yuqoriroq quvvatga qo‘yiladi. Yoki shunchaki xona haroratida bir kechada muzdan erishiga vaqt yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
Jigar uchun eng foydali bo‘lgan 9 ta mahsulot
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"