Foto: Pinterest
Sochlar nafaqat go‘zallik, balki salomatlik bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolar haqida ogohlantiradigan juda sezgir a’zodir. Shuning uchun ularga ehtiyotkorlik va e’tibor bilan munosabatda bo‘lish va undagi o‘zgarishlarni o‘tkazib yubormaslik lozim, deb yozadi «Noviy ochag».
Quyoshdan himoyalanish kerakmi?
Quyosh nuri sog‘liq uchun zarur, u organizmni yaxshi his qilishiga yordam beradi. Ammo ultrabinafsha nurlari haqiqatan ham xavfli bo‘lishi mumkin va shuning uchun nafaqat terini, balki sochni ham undan himoya qilish juda muhimdir. Agar ular to‘satdan siyrak, mo‘rt va quruq bo‘lib qolsa, SPF shampun va konditsionerga o‘tish hamda bosh kiyim sotib olish vaqti kelgan. Aytgancha, ularni nafaqat yozda, balki kuzda va hatto qishda ham ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish kerakligini unutmaslik lozim.
Ratsionni o‘zgartirish vaqti keldi
Soch xira va siyrak bo‘lib qoldimi? Kundalik ratsionga jiddiy e’tibor berish kerak: sochlarning bunday ko‘rinishi yurak va boshqa muhim organlarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ozuqa moddalarining yetishmasligi belgisidir. Kundalik ratsionga ko‘proq meva va sabzavotlar qo‘shish va qayta ishlangan mahsulotlarni kamaytirish tavsiya etiladi.
Tish shifokoriga murojaat qilish kerak
Yaqinda Journal of Clinical Investigation jurnalida chop etilgan tadqiqotda sochlarni siyrak va itoatsiz qiladigan keratin yetishmasligi tishlar uchun ham yomon. Keratin soch va tishlarning salomatligi va mustahkamligi uchun zarur bo‘lgan muhim moddadir. Agar soch kuchsizlangan bo‘lsa, tishlar ham qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Shuning uchun tish shifokori ko‘rigiga yozilish lozim.
Tushkunlikka tushgan bo‘lishingiz mumkin
Uzoq muddatli stress va tashvish depressiyani qo‘zg‘atishi mumkin va ular sochlarni siyrak va to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Odatda har kuni 80 tagacha soch tolasi yo‘qotiladi, ammo ularning miqdori ko‘payib ketsa, shifokor nazoratida stressga qarshi terapiyani boshlash kerak.
Ko‘zlar qo‘shimcha himoyaga muhtoj
Agar sochlar sarg‘ish bo‘lsa, albatta, ko‘zlarni ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish kerak: Oftalmologiya ko‘k ko‘z va sariq sochli odamlarda himoya pigmenti melaninni kamroq ishlab chiqarishini ko‘rsatdi. Natijada sariq sochli insonlar yoshga bog‘liq bo‘lgan ko‘rish qobiliyatida o‘zgarishlarga ko‘proq moyil bo‘lib, 50 yoshdan oshgan odamlarda doimiy ko‘rishning asosiy sababi hisoblanadi.
Qalqonsimon bezni tekshirish kerak
To‘satdan soch to‘kilishi gipotireoz belgisi bo‘lishi mumkin, bu qalqonsimon bez yetarli darajada gormonlar ishlab chiqarmasligidan darak beradi. Bundan tashqari, sochlarning zaiflashishi va siyraklashishi polikistik tuxumdon sindromining belgisi bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda endokrinolog bilan maslahatlashishni unutmaslik lozim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi