17:50 / 08.01.2023
364

Meva va sabzavotlarni qanday qilib uzoq muddatga saqlasa bo‘ladi?

Meva va sabzavotlarni qanday qilib uzoq muddatga saqlasa bo‘ladi?
Foto: «Noviy ochag»
Oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash ulardan uzoq vaqt davomida foydalanish imkoniyatini beradi. «Noviy ochag» nashri bu borada yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Limon

Foto: «Noviy ochag»
Limon suvda uzoqroq saqlanadi. Ularni yaxshilab yuvib tashlab, keyin bir-biriga mahkam bosilmasligi uchun kengroq va kattaroq shisha idishga joylanadi, suv bilan to‘ldirilib, qopqog‘i yopiladi va muzlatkichga qo‘yiladi.

Kartoshka

Foto: «Noviy ochag»
Kartoshka unib chiqmasligi va uzoqroq turishi uchun olma bilan birga saqlanishi kerak.

Avokado

Foto: «Noviy ochag»
Pishmagan avokadolar yupqa qog‘oz yoki gazetaga o‘raladi va xona haroratida saqlanadi. Agar avokado pishgan bo‘lsa, uni muzlatkichda yopiq paketda saqlash mumkin.

Banan

Foto: «Noviy ochag»
Past harorat va muzlatkichda saqlangan banan tezda qorayadi va ta’mini yo‘qotadi. Ammo uning dastasini oziq-ovqat plyonkasi yoki folga bilan o‘rab, muzlatkichga qo‘yilsa, ular bir haftadan ko‘proq vaqt davomida yaxshi holatda saqlanadi.

Piyoz va kartoshka

Taomga birgalikda solinsa, albatta, ajoyib ta’m hosil qiladi. Ammo ular birgalikda saqlansa, piyoz ko‘p o‘tmay unib chiqadi.

Brokkoli va gulkaram

Foto: «Noviy ochag»
Bu sabzavotlar suvni yaxshi ko‘radi. Ularni uzoqroq saqlash kerak bo‘lsa, ildiz qismi suvga solinib, yuqorisi ochiq holatda qoldiriladi. So‘ngra suvni tez-tez yangilab turish lozim.

Pomidor

Foto: «Noviy ochag»
Birinchidan, pomidor muzlatkichda o‘z ta’mini yo‘qotadi. Ikkinchidan, uning past qismini yuqoriga qaratib saqlash kerak.

To‘g‘ralgan sabzavotlar

Foto: «Noviy ochag»
Agar ovqat uchun to‘g‘ralgan sabzavotlar ortib qolgan bo‘lsa, ularni suv solingan shisha idishlarda ko‘proq muddat davomida saqlash mumkin.

Salat bargi

Foto: «Noviy ochag»
Eng yaxshi variant — quruq paket yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan yopilgan idish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Meva va sabzavotlarni qanday qilib uzoq muddatga saqlasa bo‘ladi?