Foto: «Noviy ochag»
Kunduzi tetik, lekin kechqurun osongina uxlab qolish uchun kunning birinchi va oxirgi qahvasini qaysi vaqtda ichish kerak? «Noviy ochag» nashri quyida mutaxassis maslahati bilan bo‘lishdi.
Kuniga ikki yoki uch chashka qahva o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘uradigan har bir kishi uchun me’yordir. Qahva metabolizmimizni qo‘llab-quvvatlaydi, kayfiyatni ko‘taradi, depressiyaga qarshi kurashishga yordam beradi, saratonning ayrim turlari xavfini kamaytiradi va hatto yurak-qon tomir sog‘lig‘ini mustahkamlaydi. Qahva uyquchanlikni bostiradi, chunki kofein tom ma’noda uyg‘oqlikda ishlab chiqariladigan adenozin neyromediatorning o‘rnini bosadi.
Ammo adenozindan farqli o‘laroq, kofein charchoqni his qilishga imkon bermaydi, uzoq vaqt hushyor va faol bo‘lishga yordam beradi. Bu faqat ma’lum chegaragacha yaxshi: agar organizm va miya uzoq vaqt dam olmasa, stress gormoni kortizol to‘planadi, bu salomatlikka katta zarar yetkazishi mumkin.
Tonggi qahva
Ertalab organizmga shunchaki kortizol kerak, aynan mana shu gormon kerakli energiya beradi va kunni faol hamda samarali boshlashga yordam beradi. Agar biror sababga ko‘ra kortizol yetarli darajada ishlab chiqarilmasa, kofeinning ertalabki dozasini qabul qilish orqali bunga yordam berish mumkin. Kofeinning ishlay boshlashi uchun taxminan 25-40 daqiqa vaqt ketadi, shuning uchun agar ish kuni soat 9:00 da boshlansa, ertalab soat sakkizdan kechikmasdan birinchi qahvani ichish kerak.
Kundalik me’yor
Odatda kundalik faoliyat tushdan keyin pasayadi: organizm energiyani tushlikni hazm qilish uchun sarflaydi, uxlashni yoki hech bo‘lmaganda ishlamaslik istagi paydo bo‘ladi. Kayfiyatni ko‘tarish uchun ko‘p miqdorda kofein bo‘lgan qahva yoki ko‘k choy ichish mumkin, faqatgina ovqatdan yarim soat keyin. Aks holda, hazm qilish jarayoni buzilishi va oqsilning so‘rilishiga salbiy ta’sir qilish mumkin.
Kechki stakan
Shifokorlar odatda 15:00 dan keyin qahva ichishni maslahat bermaydi: kofein konsentratsiyasining yarmiga kamayishi uchun 6-8 soat kerak bo‘ladi. Agar uyquga 22:00 da yotilsa, 16:00 dan keyin qahvani to‘xtatish kerak. Ammo oqshomni bir chashka qahvasiz tasavvur qila olmaydiganlar hech bo‘lmaganda ichimlikni bir stakan toza suv bilan ichishi lozim. Bu holda kofein konsentratsiyasi biroz kamayadi va organizm suvsizlanishdan aziyat chekmaydi hamda sifatli uyqu bilan ta’minlashi mumkin. Qolaversa, yotishdan oldin bir stakan iliq sut ichishni tavsiya etiladi: bu kofeinni organizmdagi konsentratsiyasini kamaytirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi