Qishning sovuq va qirovli kunlarida kiygan poyabzalingiz tagcharmi sirpanmasligi uchun maxsus vosita va usullar mavjud. Mazkur maqola orqali quyida ushbu usullar haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.
Nakleykalar
Foto: AdMe
Sirpanishga qarshi nakleykalar uchun ishlatiladigan material poliuretandir. Bunday ajoyib narsa poyabzal do‘konlarida o‘lchamni hisobga olgan holda sotiladi. Yelimlashdan oldin taglikni yaxshilab tozalash kerak. Ulardan bir oydan bir necha oygacha foydalanish mumkin.
Muztirgak
Foto: AdMe
Sirpanishning oldini olish uchun ushbu dizayn botinkalarga, har qanday o‘lchamdagi etiklarga biriktiriladi. Muztirgak kauchukdan yasalgan bo‘lib, u po‘latdan yasalgan tishlarga ega. Poyabzallarga mahkamlanganda ular taglikda deyarli ko‘rinmaydi. Ular 40 darajagacha sovuqqa chidamli, ham bolalar, ham kattalar uchun mos, ayollar sumkachasiga osongina joylashadi. Bundan tashqari, bir necha fasl uchun ishlatilishi mumkin. Noqulay tomoni, bino ichida harakatlanish uchun moslanmagan — laminat, linoleumga zarar yetkazishi mumkin va plitalar ustida yurganda baland ovoz chiqaradi.
Leykoplastir
Foto: AdMe
Xavfsiz usul, taglikka zarar yetkazmaydi. leykoplastir X shaklida ko‘ndalang yopishtiriladi. Ammo bu bir martalik ishlatish uchun, u uzoqqa chidamaydi — bir necha soatgina foydalanish mumkin.
Qumli yelim
Foto: AdMe
Silliq taglik qum bilan qoplansa, sirpanmaydigan bo‘lishi mumkin. Buning uchun sirt alkogolli suyuqlik bilan artiladi, keyin yelim qo‘llanadi, qum sepiladi. PVA yelimidan foydalanish mumkin, ammo «Moment» eng yaxshisidir.
Kigiz
Foto: AdMe
Kigiz ishqalanish kuchini oshiradigan junli materialdir. Ushbu qoplama qishki poyabzallarning barqarorligini ta’minlaydi. Butun yuzaga yopishtirish shart emas, tovon va oyoq barmoqlari uchun bir nechta bo‘lak yetarli. Moment, PVA yopishtiruvchi asos sifatida mos keladi. Sovuqda uni bir oygacha ishlatish mumkin, namgarchilikda bir haftadan oshmaydi.
Qumqog‘oz
Foto: AdMe
Ushbu material yaxshi abraziv xususiyatlarga ega, bu ishqalanish kuchini oshiradi. Qumqog‘oz bo‘laklarini tovon va old tomonga yopishtiring. Qog‘oz 2-3 hafta xizmat qiladi.
Kapron paypoq
Foto: AdMe
Sirpanishga qarshi g‘ayrioddiy usul — keraksiz kapron kolgotka kerak bo‘ladi. Materialni yondirib, tomchilatib taglikka yopishtirish kerak. Bu uzoq xizmat qilish muddatiga ega bo‘lgan sun’iy himoya bo‘ladi. Ammo dastlab bunday poyabzalda yurish biroz noqulay.
Suvga qarshi vositalar
Foto: AdMe
Nam sirt muzda kuchliroq sirpanadi, shuning uchun unga namlikni qaytaruvchi mahsulot bilan ishlov berish mumkin. Har safar tashqariga chiqishdan oldin quruq poyabzallarga sprey purkang.
Skotch
Leykoplastir kabi skotch ham sirpanishga qarshi vosita hisoblanadi. Ammo poyabzalni himoya qilish bir haftadan oshmaydi. Oddiy yoki ikki tomonlama skotchni ishlatmagan ma’qul — ular silliq yuzaga ega.
Bo‘yoq
Foto: AdMe
Bolalar to‘plamlarida maxsus bo‘yoqlar mavjud bo‘lib, ular qo‘llangandan so‘ng uch o‘lchamli naqsh hosil qiladi. Siz bu jarayonga bolani jalb qilishingiz mumkin, uning poyabzallariga shu tarzda ishlov berishingiz mumkin. Tagcharm buzilmaydi, chunki naqsh osongina yuviladi.
Foyda bermaydigan xalqona usullar
Ba’zi xalqona usullar nafaqat foydasiz, balki oddiy yo‘llarda yurish uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin. Misol uchun, xom kartoshkani surtish, soch lakini purkash, qirg‘ichdan foydalanish. Agar poyabzalni kartoshka bilan ishqalasangiz, taglik yanada sirg‘alib ketadi va kraxmaldan oq dog‘lar qoladi, lak ham yordam bermaydi va qirg‘ich esa tagcharmni buzishi, poyabzalni yaroqsiz holga keltirishi mumkin.
Sovuq havoda qanday poyabzal kiymaslik kerak?
Qish uchun baland va ingichka poshnali, silliq taglikli, uchi uchli oyoq kiyimlarni xarid qilmang. Taglik materiali: poliuretan, kauchuk, termoplastik elastomer bo‘lgani yaxshi. Silliq yuzada sirpanish darajasini tekshirish uchun poyabzalda keramik plitkalar ustida yurish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi