Foto: The Voice Mag
Qishda inson terisi ko‘proq quriydi, ko‘chib tushadi, ba’zida hatto qichishish va og‘riq ham kuzatiladi. Teri qurib ketishining oldini olish uchun mutaxassislar dushdan keyin sochiqdan foydalanmaslikni maslahat beradi, deb yozadi The Voice Mag.
Ma’lum bo‘lishicha, sochiqdan foydalanish suvli muolajalarni bajarishdagi majburiy bosqich emas. Albatta, tezroq qurinish, kiyinish va ishni davom ettirish odati mavjud. Biroq bu yondashuv teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ayniqsa, qishda.
Tashqari sovuq, uyda isituvchi qurilmalar ishlayotgan vaqtda teri himoyasiz holatda bo‘ladi. Shuning uchun qishda teri uchun mo‘ljallangan kremlardan ko‘proq foydalanish kerak, ular namlantiruvchi ta’sirga ega.
Dush qabul qilgandan so‘ng darhol teriga oziqlantiruvchi va namlantiruvchi mahsulotlar qo‘llanishi kerak. Shuning uchun dermatologlar sochiqdan foydalanishni maslahat bermaydi. Kremni nam teriga qo‘llash namlikni ko‘proq ushlab turishga yordam beradi va quruqlik hamda teri ko‘chishini kamaytiradi.
Albatta, kremni nam teriga qo‘llash, keyin uning qurishini kutish lozim. Shunga qaramay, bu usulni kamida bir marta sinab ko‘rish tavsiya etiladi.
Agar qishda sochiqlardan butunlay voz kechishga tayyor bo‘lmasangiz, bu jarayonni haftasiga kamida 1-2 marta bajarishga harakat qilish lozim. Qolgan vaqtda esa, dushdan keyin terini shikastlamaslik uchun keskin harakatlardan saqlanish kerak. Tanani sochiq bilan muloyimlik bilan artib olish, keyin kremni qo‘llashni unutmang! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi
GFR Netanyahuni hibsga olishga berilgan order oqibatlarini o‘rganmoqda
Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi