20:23 / 19.01.2023
425

С vitamini: qaysi mahsulotlar tarkibida bor, nima uchun foydali va u koronavirusni davolaydimi?

С vitamini: qaysi mahsulotlar tarkibida bor, nima uchun foydali va u koronavirusni davolaydimi?
Foto: «Wday.ru»
C vitamini yoki askorbin kislotasi inson uchun eng muhim va zarur vitaminlardan biridir. Agar u organizmda yetarli miqdorda bo‘lmasa, og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Keling, hammasini bir boshdan tushuntiramiz, deb yozadi «Wday» nashri.

S vitamini bejiz yosharish vitamini deb atalmagan. Bu teri qarimasligi uchun mas’ul bo‘lgan kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan eng keng tarqalgan antioksidantdir. Bundan tashqari, C vitamini yoki askorbin kislotasi organizmning himoya funksiyalarini kuchaytiradi, qon tomirlarining uzoq ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi, ularni elastik va baquvvat qiladi, shuningdek, temirning so‘rilishini, suyak hujayralari, tishlar, to‘qimalarning o‘sishi va tiklanishiga yordam beradi.

Organizmda C vitamini yetishmovchiligini aniqlash juda oddiy. Askorbin kislota tanqisligi immunitetning pasayishi, tez-tez shamollash, tish milkidan qon ketishi, charchoq, sustlashish va hatto, asabiylashish, uyqusizlik, bo‘g‘im kasalliklari, yaralarning uzoq muddatda bitishi, soch to‘kilishi va ajinlar shaklida namoyon bo‘ladi.

Nimalar tarkibida C vitamini mavjud?

Muammo shundaki, inson tanasi C vitaminini o‘z-o‘zidan sintez qila olmaydi. Bu shuni anglatadiki, u oziq-ovqat bilan yoki dori shaklida tashqaridan organizmga tushishi kerak. Sitrus mevalari, qora smorodina, na’matak, klyukva, oblepixa, olma, malina, kivi, bulg‘or qalampiri, maydanoz, xren, karam (shu jumladan tuzlangan karam) tarkibida, piyoz, pomidor, bodring, kartoshka, otquloq va qovoqda ham ko‘p miqdorda C vitamini mavjud.

E’tibor bering, C vitamini bor mahsulotlarning barchasi meva va sabzavotlar, o‘simliklar, shuningdek, poliz mahsulotlaridir.

Va yana bir muhim nuqta. Yuqori harorat ta’sirida askorbin kislotaning kimyoviy tuzilishi buziladi. Suv va metall bilan qorishganda ham xuddi shu takrorlanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, oshxonada C vitaminiga boy ovqatlarni tayyorlashda issiqlik bilan ishlov berishdan, metall qozon va likoplar kabi idishlarni foydalanishdan saqlaning.

Sirlangan, shisha idishlar, plastmassa yoki yog‘och cho‘michlardan foydalaning. C vitaminining «dushmani» kislorod (shuning uchun to‘g‘ralgan mahsulotlarni uzoq vaqt saqlamang, ularni darhol iste’mol qiling).

C vitamini: foydami yo zarar?

C vitamini foydalimi? Shubhasiz! Immunitetni oshirish, yaralarni davolash, xolesterin darajasini pasaytirish, shamollashda yordam berish, qon quyqalarini yumshatish va boshqalar. Darvoqe, shamollashni davolashda, immunitetni mustahkamlash va tiklanishni tezlashtirish uchun C vitamini dozasini oshirish tavsiya etilishi bejiz emas. Kasallikning oldini olish uchun siz kuniga bitta apelsin yoki kivi yeyishingiz mumkin.

C vitamini tibbiy qadoqlangan shakllarida ham mavjud — ampula va tabletka ko‘rinishlarda. Askorbin kislotasi dozasini keskin oshirish zarur bo‘lgan hollardagina ulardan foydalanish mumkin. Masalan, ruhiy yoki jismoniy stress kuchayganda, qon ketishida, chuqur yaralar, intoksikatsiya kuzatilganda.

Tabletkalar shaklidagi C vitamini ko‘pchilikka tanish. Biz ko‘pincha shamollashni davolash paytida qabul qilamiz — suvda eruvchan tabletkalar. Oddiy, erimaydigan, yoqimli shirin ta’mga ega bo‘lgan askorbin kislotasi ham bor. Ulardagi preparatning dozasi kichik, shuning uchun ular profilaktika uchun juda qo‘l keladi. Iste’mol qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar tibbiy vosita qadog‘ida yozib qo‘yilgan bo‘ladi.

Ampula shaklidagi C vitamini faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llanilishi kerak

Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisgina kasallikka qarab aniq dozani belgilashi mumkin. Aksorbin kislotasining afzalliklari shubhasiz bir qancha, ammo hamma ham uni faol tarzda qabul qila olmaydi. C vitaminini iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan kasalliklar mavjud.

Darvoqe

Tibbiyot fanlari doktori, professor Yelena Malisheva C vitamini miqdori ko‘p bo‘lgan uchta oziq-ovqat nomlarini sanadi va C vitamini koronavirusga qarshi yordam beradimi, degan savolga javob berdi:

- "C vitamini koronavirusdan himoya qilmasligi mumkin, ammo u juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega: vitamin qon tomirlar uchun zarur, ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi va hatto, aqliy zaiflikdan himoya qiladi. Bundan tashqari, C vitaminini tabletkalar orqali emas, balki oziq-ovqatdan olish yaxshiroqdir. Muzlatilgan qalampir, smorodina, petrushka, muzlatilgan smorodina — bu supermahsulotlar bo‘lib, siz organizmingizni ular yordamida C vitamini bilan to‘yintirishingiz mumkin", — dedi shifokor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » С vitamini: qaysi mahsulotlar tarkibida bor, nima uchun foydali va u koronavirusni davolaydimi?