13:30 / 24.01.2023
227

Uzoq vaqt davomida saqlash mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari

Uzoq vaqt davomida saqlash mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari
Foto: Lifehacker
Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq vaqt davomida xavfsiz tarzda saqlash va ulardan foydalanish mumkin. Lifehacker nashri ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.

Shakarsiz pechenelar — 2 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Ushbu shakarsiz va qattiq pechenelar parhez tutuvchilar uchun ayni muddao. Ularni uzoq vaqt davomida saqlash mumkin. Faqatgina havo o‘tkazmaydigan paketlarga solish kifoya.

Qora shokolad — 2 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Zaxirada saqlash uchun kakao miqdori 70 foiz bo‘lgan shokoladni tanlash yaxshidir. Uni mahkam yopiq idishda quruq va qorong‘i joyda +18 dan +21 darajagacha bo‘lgan haroratda saqlash mumkin.

Quritilgan qo‘ziqorinlar — 2 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Mutaxassislar quritilgan qo‘ziqorinlarni ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda saqlashni tavsiya qiladi. Buning uchun jiddiy manipulyatsiyalar talab qilinmaydi. Zaxiralarni quruq, toza idishga, qog‘oz sumkaga, quruq va salqin joyga qo‘yish lozim.

Quruq sut — 5 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Quruq sutni saqlash yangi sutga qaraganda osonroq. Kukunni ishlab chiqarish paketida qoldirish yoki kislorod o‘tkazmaydigan idishlarga o‘tkazish kifoya. Xona qanchalik salqin bo‘lsa, sut shunchalik uzoq vaqt yaxshi holatda saqlanadi. Ideal harorat 10 darajadan yuqori emas.

Konserva mahsulotlari — 5 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Vaqt turli konservalarga qarab farq qiladi. Eng kam saqlanadiganlari baliq va sabzavotlardir. Ular ishlab chiqarilgan kundan boshlab 24 oy ichida iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Biroq uch yil davomida saqlanishi mumkin bo‘lgan konserva mahsulotlari ham ishlab chiqariladi.

Shakar — 2 yildan 10 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Shakarni salqin va quruq joyda saqlash kerak. Agar unga suyuqlik tushsa, bo‘laklanib qoladi. Yana bir muhim nuqta — kuchli va o‘tkir hidlarning yo‘qligi. Kam miqdordagi shakarni saqlash uchun plastik paketlardan foydalanish qulay.

No‘xat — 1 yildan 20 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Oddiy paket yoki idishda no‘xat salqin va qorong‘i joyda qoldirilsa, bir yilgacha saqlanadi. Agar u kislorod o‘tmaydigan idishda saqlansa, saqlash muddati 20 yilgacha oshishi mumkin.

Yasmiq — 1 yildan 30 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Zich yopilgan idishlar, salqinlik, namlik va yorug‘lik tushmasligi yil davomida yasmiqning ozuqaviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun eng yaxshi sharoitdir. Usti yopiq idishlardan foydalanganda saqlash muddati ikki-uch, o‘n yilgacha oshadi.

Suli yormasi — 1,5 yildan 30 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Salqin va qorong‘i joyda, havo o‘tkazmaydigan idishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Kislorod kirmaydigan idishda suli yormasini saqlash yanada uzoqroq davom etadi. Hatto 30 yildan keyin ham undan ajoyib taom tayyorlash mumkin.

Loviya — 1 yildan 30 yilgacha saqlanadi

Foto: Lifehacker
Loviyani mahkam yopiq idishlarga solib, quruq, qorong‘i va salqin joyga qo‘yish kerak. Bunday sharoitda u yil davomida mukammal tarzda saqlanadi. Yaroqlilik muddatini 30 yilgacha oshirish uchun to‘liq havo o‘tkazmaydigan idishlar va +10 dan +21 darajagacha harorat kerak bo‘ladi.

Tuz — cheksiz

Foto: Lifehacker
Tuz uchun mahkam yopilgan idish juda mos keladi, uni qorong‘i va salqin joyda yoki xona haroratida qoldirish kerak. Agar mahsulotni o‘nlab yillar davomida saqlashni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, idishning to‘liq yopilishini ta’minlash zarur.

Iste’mol sodasi — 2 yildan ko‘p saqlanadi

Foto: Lifehacker
Iste’mol sodasini ikki yil davomida saqlash tavsiya etiladi, ammo, qoida tariqasida, ishlab chiqaruvchining o‘zi saqlash muddatini belgilaydi. Iste’mol sodasidan nafaqat oshxonada, balki tozalash vositalari o‘rniga ham ishlatish mumkin.

Asal — cheksiz

Foto: Lifehacker
Asalni mahkam yopiq qopqoqli idishda saqlash kerak. Bu namlik va begona hidlarni o‘zlashtirmaslikka yordam beradi. Qorong‘i joyda harorat 0 dan +20 darajagacha bo‘lishi lozim. Bu maslahatlarning barchasi qo‘shimchalarsiz tabiiy asalga tegishli.

Oshxona sirkasi — 2 yildan boshlab

Foto: Lifehacker
Sirka nafaqat pishirishda, balki sirtlarni tozalash va hatto yuvish uchun foydali bo‘lishi mumkin. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, sirkaning yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Qadoqda tavsiya etilgan muddat ham ko‘rsatiladi — ishlab chiqarilgan kundan boshlab ikki yil.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uzoq vaqt davomida saqlash mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari