Yog‘li teriga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan parvarish va e’tibor talab etiladi, ammo agar siz ushbu oddiy qoidalarga rioya qilsangiz, uzoq vaqt davomida go‘zal va yosh ko‘rinishni saqlab qolasiz.
Terining yog‘li turi bizdan ko‘p parvarish qilishni talab qiladi, ba’zan tashvish tug‘diradi. Ammo umidsizlikka tushishdan oldin, ushbu yog‘li terini parvarish qilish bo‘yicha maslahatlarni sinab ko‘ring, ular hayotingizni osonlashtiradi, teringizni yanada chiroyli va sog‘lom qiladi.
Balansni saqlang, lekin quritmang
Bir qarashda, mahsulot terini qanchalik yaxshi quritsa, u bizga shunchalik mos keladi, ammo bu tanlovdagi eng katta xatodir. Tabiiy yog‘lardan mahrum bo‘lgan teri “qasos” bilan yog‘ ishlab chiqarishni boshlaydi — parvarish so‘nggida avvalgidek yog‘li teriga duch kelamiz. Shuning uchun yog‘li teriga mo‘ljallangan mahsulotlarni tanlashda tabiiy yog‘lar va namlovchi moddalarning yuqori miqdoriga ustunlik berishingiz kerak.
Tozalash vositasini to‘g‘ri tanlang
Agar bunday mahsulotni to‘g‘ri tanlagan bo‘lsangiz, unda terini kuniga bir necha marta tozalash mumkin. Bu o‘zingiz uchun qila oladigan eng yaxshi narsa. Yumshoq, ammo chuqur tozalash uchun alkogolsiz va tarkibida tuproq va faol ko‘mir bo‘lganlarini tanlang.
Piling qilishda ehtiyot bo‘ling
Piling — bu teshiklarni ochishning ajoyib usuli, ammo teringiz yog‘li bo‘lsa, skrablar siz uchun emas. Eksfoliantlar kapillyarlarga zarar yetkazishi va bakteriyalarning kengaygan teshiklarga tarqalishiga imkon beradi. Kimyoviy piling turlariga ustunlik bergan ma’qul: salitsil, sut yoki glikol kislotalarni o‘z ichiga olganlar kabi.
Tonik o‘tkazib yubormang
To‘g‘ri tanlangan tonik pH va sebum darajasini muvozanatlashi, kosmetik qoldiqlarni va kirlarni ketkazadi, terini namlaydi. Asosiysi, alkogolni o‘z ichiga olmaydigan mahsulotni tanlash.
Albatta, namlovchi kremdan foydalaning
Yog‘li terini parvarish qilishdagi eng katta xatolik — bu namlovchi kremni ishlatmaslikdir. Ushbu turdagi teri deyarli har qanday teriga qaraganda quruqlikka moyil bo‘ladi. Shu bois namlovchi vositani to‘g‘ri tanlash va uni muntazam ravishda ishlatish muhimdir. Mukammal variant terini og‘irlashtirmaydigan va ayni paytda uni namlik bilan oziqlantiradigan kremdir.
...va yog‘
Ha, bu g‘alati tuyulishi mumkin, ammo yog‘li teriga surtiladigan yog‘ bora-bora sebum ishlab chiqarishni normallashtirishi va natijada yuzning yarqirashini kamaytirishi mumkin. Jojoba, uzum, na’matak urug‘i , argan yog‘i va oblepixa kabi to‘yingan, ammo yengil yog‘larga ustunlik berish zarur.
Yuz niqoblarini to‘g‘ri tanlang
Yog‘ ishlab chiqarishni nazorat qilishga yordam beradigan ingrediyentlar ko‘mir, tuproq, salitsil va sut kislotalari va choy daraxtidan olinadigan yog‘dir. Ularni o‘z ichiga olgan niqoblarni tanlang va bunday niqoblarni muntazam terini parvarish qilish tartibiga qo‘shing.
Makiyaj uchun praymerdan foydalaning
Makiyaj uchun praymer — bu kundalik krem ustidan qo‘llaniladigan va bo‘yanish uchun asos yaratadigan poydevordir. Yog‘li teriga ega bo‘lgan ayollar uchun suyuq praymer tanlagan afzaldir, chunki uning tarkibida deyarli hech qanday yog‘ bo‘lmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring