15:30 / 06.05.2023
310

Tarkibi tabiiy kollagenga boy bo‘lgan 9 xil mahsulot

Tarkibi tabiiy kollagenga boy bo‘lgan 9 xil mahsulot

Kollagen — organizm hujayralarining tabiiy qurilish materiali bo‘lib, terining yoshligi va elastikligiga mas’ul. Shuningdek, tirnoqlar va sochning mustahkamligi unga bog‘liq. Yosh o‘tishi bilan kollagen kamayib boradi va uning tabiiy muvozanatini tiklash nihoyatda qiyin. Shuning uchun organizmdagi tarkibini oshirishga yordam beradigan oziq-ovqatlarni muntazam ravishda iste’mol qilish zarur.

Hayvon oqsili

Kollagen oqsil bo‘lib, uning tarkibini ta’minlash uchun organizm uni proteinli ovqatlardan oladi. Parranda va mol go‘shti va kollagen darajasini oshirishga yordam beradi va teri, soch va tirnoqlaringizni sog‘lom va chiroyli saqlaydi.

Yashil no‘xat

Foto: “Noviy ochag”

 

Bu sabzavot oqsil miqdori bo‘yicha haqiqiy chempiondir — bitta porsiyada 8 gramm. No‘xat sabzavot bo‘lgan uchun u ichak salomatligi va faol metabolizm uchun zarur bo‘lgan kletchatkaga boy.

Shirin qalampir

Bu rangli sabzavotlar tarkibida antioksidantlar, shuningdek, kollagen ishlab chiqarishda faol ishtirok etadigan C vitamini miqdori ko‘p. Shirin qalampirni muntazam iste’mol qilish terining yoshligini saqlab qolishga, ajinlar kabi qarishning birinchi belgilari bilan kurashishga yordam beradi.

Sabzi

Foto: “Noviy ochag”

 

Kollagen ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan yana bir vitamin A vitamini bo‘lib, ayniqsa, sabzi tarkibida mo‘l. shuni yodda tutish kerakki, organizm tomonidan so‘rilishi uchun uni to‘yinmagan yog‘lar bilan birlashtirish kerak. Zaytun yoki kungaboqar yog‘i misol bo‘la oladi.

Ismaloq va karam

Bu sabzavotlar A, C vitaminlari, rux moddasiga boy, ular tabiiy kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Hech bo'lmaganda har kuni bu sabzavotlardan salat o‘rnida iste’mol qilishga harakat qiling.

Chia

Bu mayda foydali urug‘lar kollagenni “qurish” uchun zarur bo‘lgan oqsilga to‘la — yogurt yoki salatlarga chia qo‘shish nafaqat foydali, balki mazali hamdir. Bundan tashqari, chia “dangasa” ichaklarni qo‘zg‘atadigan xususiyati bilan beqiyosdir.

O‘rik

Foto: “Noviy ochag”

 

Bu mevada tabiiy kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradigan juda ko‘p A vitamini mavjud. Vitamin yangi o‘rik bilan birga uning quritilgani — turshakda ham yo‘qolmaydi. Shu bois ertalabki suli bo‘tqasiga qo‘shing yoki gazak sifatida iste’mol qiling — teringiz sizga rahmat aytadi!

No‘xat

No‘xat sog‘lom metabolizmni qo‘llab-quvvatlaydi va oshqozon-ichak traktining faoliyatini normallashtiradi, tabiiy kollagen ishlab chiqarishni ham rag‘batlantiradi. No‘xat A va C vitaminlariga, shuningdek, rux va tiaminga boy. Bu oqsilni parchalashga yordam beradi, kollagen ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan maxsus vitamin. Bundan tashqari, no‘xat tarkibidagi B vitamini terining holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Bulyon

Parranda yoki mol go‘shti suyaklaridan qilingan bulyon muntazam ravishda stolingiz ustida bo‘lishi kerak. Qanchalik yoshingiz ulg‘aygan bo‘lsa, shunchalik tez-tez bu taomni iste’mol qilishingiz kerak: axir bulyon oqsil, kalsiy va tabiiy kollagenning oltin manbaidir.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tarkibi tabiiy kollagenga boy bo‘lgan 9 xil mahsulot