18:35 / 13.05.2023
162

Ovqatdan so‘ng ko‘ngil aynisa: bu holatni bartaraf etish uchun nima qilish kerak?

Ovqatdan so‘ng ko‘ngil aynisa: bu holatni bartaraf etish uchun nima qilish kerak?

Ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bu ovqat hazm qilish organlari faoliyati buzilishining birinchi signalidir. Nima uchun ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi kuzatilishi va noxush holat bilan kurashish usullari Wday nashrida keltirib o‘tilgan.

Ovqatdan keyin ko‘ngil aynish sabablari

Nega ovqatdan keyin o‘zingizni yomon his qilasiz? Ko‘pincha bu ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining belgisi, ammo boshqa omillar ham bu noxush holatga olib keladi.

Sabablarni ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Sog‘lom odamda rivojlanadigan ko‘ngil aynishi

Bu noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli yuzaga keladi va buni quyidagilar kuchaytiradi:

  • me’yordan ko‘p ovqatlanish;
  • qizarib pishgan va yog‘li ovqatlarni ko‘p iste‘mol qilish;
  • ovqatdan so‘ng darhol bajariladigan faol harakatlar, jismoniy faoliyat;
  • sifatsiz mahsulotlardan yeyish;
  • intoksikatsiya.

Bunday hollarda noxush alomatlardan xalos bo‘lish uchun ovqatlanishni tartibga solish yoki toksik moddalarni qabul qilishni to‘xtatish kifoya.

Turli kasalliklar tufayli ko‘ngil aynishi

Diyetani tartibga solish kutilgan natijani bermasa, ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi saqlanib qolsa, bu quyidagi kasalliklar rivojlanishi uchun signal bo‘lishi mumkin:

  • ezofagit (qizilo‘ngach kasalligi);
  • gastrit;
  • ingichka ichak yallig‘lanishi;
  • gepatit;
  • pankreatit
  • xolelitiyoz;
  • xoletsistit;
  • oshqozon yarasi;
  • ichak disbakteriozi.

Ushbu xastaliklarda shifokor ko‘rsatmasi talab etiladi, ular bilan mustaqil kurashish nafaqat samarasiz, balki xavfli hamdir.

Sog‘lom ayolda ovqatdan keyin ko‘ngil aynishining sababi homiladorlik bo‘lishi mumkin

Kuniga 2 martagacha ko‘ngil aynishi va qayt qilish homiladorlikning odatiy belgisi. Ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish tez-tez sodir bo‘lsa, bu tibbiy nazoratni talab qiladigan toksikoz bo‘lishi mumkin.

AQSH Milliy Sog‘liqni saqlash instituti olimlari ertalab ko‘ngil aynishidan shikoyat qiladigan homilador ayollarda homila tushish ehtimoli kamroq ekanligini isbot qiluvchi bir qator kashfiyotlar qilishdi. Xullas, olimlarning ta’kidlashicha, ko‘ngil aynishi homilaning tushish xavfini qariyb oltmish foizga, qusish esa sakson foizga kamaytiradi.

Ovqatdan keyin ko‘ngil aynishini his qilganda nima qilish kerak?

Dastavval, uning paydo bo‘lishiga yordam beradigan omillarni istisno qilish kerak, xususan:

  • kam-kam, tez-tez ovqatlaning;
  • ovqatdan keyin og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan saqlaning (faqat piyoda yurish tavsiya etiladi);
  • yog‘li ovqatlar miqdorini kamaytiring;
  • bug‘da pishirilgan, qaynatilgan, dimlangan taomlar iste’mol qiling;
  • oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatini diqqat bilan tekshiring;
  • alkogolli ichimliklar va tamaki iste’molini cheklang;
  • hayz muddati kechikayotgan bo‘lsa, homiladorlik testini o‘tkazib ko‘rishni unutmang.
    Foto: Wday

Mutaxassis fikri

“Ko‘ngil aynishining sabablaridan biri xoletsistitdir”, — ta’kidlaydi diyetolog Yuliya Bobeyka. O‘t pufagi — bu jigar hujayralari tomonidan ishlab chiqarilgan konsentrlangan safro zaxirasidir. U juda ko‘p muhim funksiyalarni bajaradi: ovqat hazm qilishda va yog‘ so‘rilishida ishtirok etadi, oshqozon osti bezi fermentlari faolligini oshiradi, shuningdek, antibakterial vositadir. Ammo ba’zida o‘t pufagi yallig‘lanadi va xoletsistit rivojlanadi.

Uning asosiy belgilari yog‘li ovqatlardan so‘ng ko‘ngil aynish (yog‘li bo‘lishi ham shart emas. Ba’zan biror nima yeyishning o‘zi kifoya qiladi, masalan, yong‘oq), o‘t pufagi joylashgan qovurg‘aning o‘ng tomonida og‘riq, qichishish, og‘izda achchiq ta’m va isitma kuzatiladi. Og‘riq bir maromda kechishi yoki o‘ng qo‘l, o‘ng yelkada ham kuchayishi mumkin.

Xoletsistitning rivojlanish sabablari kuchli jismoniy zo‘riqish, stress, ortiqcha ovqatlanishdir. Muammoni aniqlash uchun qorin bo‘shlig‘i ultratovush tekshiruvi va qon tahlilini o‘tkazish buyuriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ovqatdan so‘ng ko‘ngil aynisa: bu holatni bartaraf etish uchun nima qilish kerak?