23:20 / 16.05.2023
389

Har kuni limon iste’mol qilishning foydalari

Har kuni limon iste’mol qilishning foydalari

Limon vitaminlar omboridir: bu haqda hamma bolaligidan biladi. Ammo uni har kuni iste’mol qilish mumkinmi, mumkin bo‘lsa, me’yordan oshirib yubormaslik uchun qanday qoidalarga rioya qilish kerak, degan savollarga quyida batafsil javob olasiz.

Limonning foydalari

Sitrus mevalarida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud. Limon ham bundan mustasno emas. Bu mevadagi vitamin barqaror, ya’ni qaynoq suvda buzilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, bir tilim oddiy limon qo‘shilgan  issiq choy ichsangiz ham sehrli vitamin organizmga to‘liq kirib boradi.

Meva suvi va pulpasida juda ko‘p limon kislotasi, pektin va shakar mavjud. Limonda ko‘p miqdorda temir, mis, kalsiy va boshqa minerallar mavjud. Shuningdek, bu mevadagi A, beta-karotin, alfa-karotin va E vitaminlari ayollar uchun yoshlik va go‘zallikni saqlab qolishdagi cheksiz kurashda taniqli yordamchilardir.

Foto: Wday

 

Limon miya faoliyatini yaxshilaydi, saraton va insult xavfini kamaytiradi, zararli xolesterin hosil bo‘lishining oldini oladi, kapillyar tomir devorlarni va suyak to‘qimasini mustahkamlaydi, osteoporoz rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Bundan tashqari, bu sitrus metabolizmni va toksinlarni yo‘q qilishni tezlashtiradi, oshqozon-ichak traktining faoliyatini yaxshilaydi va terini tom ma’noda o'zgartiradi: unga jilo beradi va yog‘ ishlab chiqarishni kamaytiradi, bu ayniqsa yog‘li teri egalari uchun muhimdir.

Limonning zarari

Foydalarning cheksiz ro‘yxatiga qaramay, limon salbiy reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. U tish emaliga zarar yetkazadi, shuning uchun iste’moldan so‘ng shifokorlar og‘izni chayish yoki tishlarini yuvishni tavsiya qiladilar.

Limon kuchli allergen bo‘lib, ushbu mahsulotga jiddiy sezuvchanligi bo‘lgan odamlarga tavsiya etilmaydi va shakar miqdori yuqori bo‘lgani bois diabetga chalinganlar ham ehtiyot bo‘lishlari kerak. Oshqozon yarasida limon eroziyani kuchaytirishi mumkin, ko‘pincha limonni sevib yeyuvchilar enterit va kolitning kuchayishidan shikoyat qiladilar.

Limonni har kuni yeyish mumkinmi?

Shifokorlar va diyetologlar limonga “tayanib qolishni” tavsiya etmaydilar: gipervitaminoz bilan og‘rishingiz va yuqorida bayon etilgan bir qator boshqa muammolarga duch kelishingiz mumkin.

Ammo kuniga 2-3 tilim limon faqat foyda keltiradi. Surunkali kasalliklar yoki oshqozon-ichak kasalliklarining kuchayishi kuzatilmasa, har kuni limonli suv ichsangiz bo‘ladi.

Foto: Wday

Ertalab och qoringa ovqatdan yarim soat oldin limonli iliq suv iching: bu bilan siz ertalabki shishdan qutilasiz, kun davomida tetiklik energiyasini olasiz va ishlash samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Ushbu oddiy ichimlikni muntazam iste’mol qilish qon va qon tomirlarini tozalashga yordam beradi, metabolizmni tezlashtiradi, ya’ni yog‘ zaxiralari nihoyat qo‘shimcha harakatlarsiz sarflanishni boshlaydi.

Ammo yana bir narsa muhimroq: bu bilan immunitetingizni mustahkamlaysiz, virusni yuqtirib olgan bo‘lsangiz ham tezroq tuzalib ketasiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har kuni limon iste’mol qilishning foydalari