Omadga erishishning 7 qonuni

Sog‘lom, baxtli va boy bo‘lish huquqi tug‘ilganingizdan boshlab shaxsan o‘zingizga berilgan. Bu haqiqatni to‘g‘ri qabul qiling, omadli insonga aylanish esa juda oson, deydi “Darakchi” nashri.
1. Bo‘shliq qonuni. Agar yangi oyoq kiyimi sotib olsangiz eskisini tashlab yuboring. Biror yangi libos xarid qilishdan ilgari shkafingizni eski kiyimlardan tozalang. O‘z xohishingiz bilan eski buyumlaringizdan, qarashlaringizdan voz kechishingiz lozim.
2. Aylanish qonuni. Biror orzungizga erishish uchun boshqa yaxshi ko‘rgan narsangizdan voz kechishga tayyor bo‘ling.
3. Tassavvur qonuni. Avvalo omadga erishganingizni tasavvuringizda jonlantirishingiz kerak bo‘ladi, keyin uni qog‘ozga tushiring. Bu yozuvni birovga ko‘rsatmang, bo‘sh vaqtingizda uni qayta-qayta o‘qishdan erinmang.
4. Ijodkorlik qonuni. Inson omadga fikrlarining quvvati, intuisiya va tasavvuri bilan etishadi.
5. Hadya qilish va qabul qilish qonuni. Agar birovga yordam tariqasida biror narsa hadya qiladigan bo‘lsangiz, u sizga o‘n barobar ortig‘i bilan aytadi. Biror narsaga erishdingizmi, uni atrofingizdagi odamlar bilan bo‘lishishga harakat qiling. Bu bilan siz hayotingizda ezgulikka yo‘l ochgan bo‘lasiz.
6. O‘nlik qonuni. Koinot doimo o‘z ulushini oladi, bu sizga yordam bergan manbaga nisbatan minnatdorchiligingizni ifodalaydi. Qo‘lingizdagi daromadingizning 10 % ni xayriya ishlariga sarflang. Bu o‘n foiz sizga qay yo‘sinda qaytishini siz hali yaxshi bilmaysiz. Balki u yangi tanishuv, balki kasallikdan forig‘ bo‘lish shaklida qaytishi mumkin.
7. Kechirimlilik qonuni. Agar sizni xafa qilgan odamni kechira olmas ekansiz, demak sizga atalgan boylikni qabul qila olmaysiz. Sizning qalbingiz nafratga to‘la bo‘lganidan u erda muhabbatga o‘rin qolmaydi. Sizga tinchlik bermaydigan, doimo xavotirga soladigan negativ his-tuyg‘ulardan qutulishga harakat qiling. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing