Sabzining sog‘liqqa foydasi haqida gap ketganda ko‘pchilik birinchi navbatda u organizmni qimmatli A vitamini bilan ta’minlashini taxmin qiladi. Qolaversa, sabzi katarakta xavfini kamaytiradi. Ammo sabzi terini chiroyli va elastik, sochlarni esa serjilo va mustahkam qilishini kamdan kam odam biladi.
Sabzining sog‘liqqa qanday foydalari bor?
Bu yorqin sabzavot tarkibidagi A vitamini ko‘z kasalliklarining oldini olishda muhim element hisoblanadi. Ammo u ko‘rish qobiliyatini tiklaydi va hushyorlikni oshiradi, degan gaplar bari cho‘pchak. Afsuski, unday emas. Sabzi sog‘liq uchun juda ko‘p foyda keltiradi, lekin u miopiyani davolay olmaydi. Haqiqatan ham sabzi tungi ko‘rlik va kataraktaning oldini oladi. Gap shundaki, sabzi boy bo‘lgan A vitamini nurga sezgir modda bo‘lgan retinolning shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. A vitamini yetishmasligi bilan “tungi ko‘rlik” deb ataladigan va ba’zi hollarda kataraktaning dastlabki bosqichi rivojlanadi. Biroq parhez sabzi bilan to‘lidirilishi bilanoq bu kasalliklarning alomatlari yo‘qoladi.
Ko‘pincha sabzining salomatlik va uzoq umr ko‘rishga ta’siri borasida gapirilganda bu sabzavot tarkibidagi karotinoidlarning yuqori miqdori — tabiiy organik pigmentlar nazarda tutiladi. Karotinoidlar fotosintezda ishtirok etadi, organizmdagi suv va kislorod muvozanatini ta’minlaydi. Sabzi zararli xolesterin darajasini sezilarli darajada kamaytiradi va shu bilan yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfining oldini oladi.
Sabzi go‘zallik uchun foydalimi?
Sabzi nafaqat organizm salomatligi, balki tashqi go‘zalligimiz uchun ham foydalidir. Beta-karotinning yuqori miqdori teriga elastiklik va och sarg‘ish rangni beradi. Kosmetologlar sabzi tarkibidagi boy antioksidantlarga e’tibor berishadi, bu terining qarish jarayonini sekinlashtiradi. O‘zining tashqi ko‘rinishiga ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qiladigan har bir kishiga nafaqat sabzi iste’mol qilish, balki yuz va bo‘yin uchun barcha turdagi niqoblarni tayyorlashda bu sabzavotdan faol foydalanish tavsiya etiladi.
Bu sabzavot sochlarning salomatligiga ham foydali ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, sabzi soch ildizlarining tuzilishini tiklaydigan moddalarni o‘z ichiga oladi, bu esa soch to‘kilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, A vitamini sochni butun uzunligi bo‘ylab oziqlantiradi, ularni sog‘lom va serjilo qiladi.
Soch uchun karotinli niqob ham nihoyatda foydali — yuvishdan 20-30 daqiqa oldin bosh terisiga yangi siqilgan sabzi sharbati surtiladi.
Ko‘rib turganingizdek, sabzi salomatlik va go‘zallik ulashishda bebaho. Darvoqe, sabzi tanlash va iste’mol qilishda ba’zi layfxaklar mavjud. Bu sabzavotning eng to‘yingan, quyuq rangdagisini sotib oling, chunki ular tarkibida karotinoidlarning maksimal miqdori bo‘ladi. Bundan tashqari, qaynatilgan sabzi xomdan ko‘ra foydalidir — issiqlik bilan ishlov berish paytida hujayra membranalari vayron bo‘ladi va ko‘proq beta-karotin moddasi chiqariladi. Yana bir foydali maslahat: beta-karotinning organizm tomonidan to‘liq so‘rilishi uchun sabzini oz miqdorda yog‘ (mayonez, zaytun moyi, tvorog) bilan birga iste’mol qilish tavsiya etiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi