Ehtimol, har birimiz ish kunida charchoqni boshdan kechiramiz. Bu holatning tez-tez, uzoq vaqt davom etishi qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Organizmga doimiy charchoqni yengishga qanday yordam berish kerak va qaysi mahsulotlar unga ko‘proq kuch beradi, quyida bilib oling.
Achchiq shokolad
U nafaqat ko‘p foydali xususiyatlarga ega, balki kuch va quvvat beradi. Bu qora shokolad bo‘lib, miya faoliyatini yaxshilaydi, mahsuldorlikni oshiradi va tetiklantiradi. Ammo fanatizmsiz: kuniga bir necha bo‘lak yetarli!
Yangi sharbatlar
Charchoq uchun mukammal yechim. Sabzavot va mevalar tarkibidagi vitaminlar nafaqat immunitet tizimini mustahkamlaydi, balki charchoqni ham ketkazadi. Sharbatlar kichik gazak sifatida qabul qilinishi mumkin. Ertalab yangi siqilgan sharbat ichishga yoki uni ishga olib borishga harakat qiling. Bu sizga kuch bag‘ishlaydi va mehnat unumdorligiga undaydi. Sharbatlarni xohishga qarab suv bilan suyultirsa bo‘ladi.
Avokado
Ushbu meva tarkibida qon aylanishini yaxshilashga yordam beradigan, shuningdek, metabolizm va qon xolesterin darajasiga ta’sir qiluvchi sog‘lom, ko‘p to‘yinmagan yog‘lar mavjud. Bu xususiyatlarning barchasi miyaning ishiga bevosita ta’sir qiladi va organizmning umumiy faoliyatini yaxshilaydi. Avokado bemazaroq bo‘lgani uchun uni salatlarga qo‘shish tavsiya etiladi. Ham mazali, ham foydali!
Karam
Inson uchun zarur bo‘lgan temirga boy eng arzon mahsulotlardan biri. Bu element organizmga stressga bardosh berishga va charchoqni yengishga yordam beradi. Ushbu mahsulotdan juda mazali salatlar tayyorlasa bo‘ladi, shuningdek, uni deyarli har qanday taom uchun garnir yoki gazak sifatida ishlatishingiz mumkin.
Dengiz baliqlari
Dengiz baliqlari ko‘plab sog‘lom yog‘larni o‘z ichiga oladi, shuningdek, kun davomida miya faoliyati uchun juda foydali. Siz losos pishirishingiz, baliqdan sho‘rva tayyorlashingiz yoki salatga baliq bo‘laklarini qo‘shsangiz bo‘ladi, masalan, tunesli salat tayyorlash mumkin.
Kakao
Kakao donalarida nafaqat miyada qon aylanishini yaxshilash, balki dofamin kabi zarur gormonlarni ishlab chiqarishga yordam beradigan maxsus komponentlar mavjud. Bolalikdagi sevimli ta’mni eslang, qahvaxonalardan kofe o‘rniga kakao olishga harakat qiling. Kayfiyatingiz yaxshilanadi, vazifalarni bir necha barobar tezroq bajarasiz.
Quritilgan mevalar
Ko‘pchiligimiz har kuni juda ko‘p miqdorda tozalangan shakar mahsulotlarini iste’mol qilamiz, bu esa charchoqqa olib keladi. “Sof” shakarni asal yoki quritilgan mevalar kabi shirin ta’mga ega oziq-ovqatlar bilan almashtirishga harakat qiling. Organizm uchun bunday ovqatlanish foydaliroq bo‘ladi va sizning mahsuldorligingiz oshadi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring