Mutaxassislar qalqonsimon bez saratonining yana ikkita noodatiy alomatini aniqlashdi. Cancer Research UK – saraton kasalligini o‘rganish va unga qarshi kurashish xayriya tashkiloti qalqonsimon bez saratonining aksariyatga ma’lum bo‘lmagan ikkita alomatlari haqida ma’lumot berdi.
Qalqonsimon bez bo‘yinning old qismida joylashgan. Shu sababli kasallikning eng keng tarqalgan belgilari tananing aynan shu qismiga ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, tomoqning old qismida "yumaloq o‘simta" paydo bo‘lishi yoki yutinishda qiyinchiliklar his qilish.
Biroq ba’zi hollarda qalqansimon bez saratoni tananing boshqa qismlarida noodatiy alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. "Cancer Research UK" ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik haqida ogohlantiruvchi ikkita noodatiy belgilar mavjud.
Qalqonsimon bez saratoniga chalingan bemorlarda saraton hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan kalsitonin gormoni darajasining oshishi kuzatilishi mumkin. Natijada bemorlar quyidagilarni his qiladi:
- diareya;
- yuz terisining qizarishi.
Belgilar kasallikning aniq isboti bo‘lmasa-da, nazorat ostida ushlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar ular saraton kasalligidan kelib chiqqan bo‘lsa, erta aniqlash davolanishning muvaffaqiyatli o‘tishiga asos bo‘lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi