19:41 / 28.06.2023
98

Vazn yo‘qotish uchun makaronni foydali taomga aylantirishning 6 xil usuli

Vazn yo‘qotish uchun makaronni foydali taomga aylantirishning 6 xil usuli

Foto: The Voice Mag

Makaronni yaxshi ko‘rasizmi? Javob “ha” bo‘lsa, sizni ayblamaymiz — o‘zimiz ham xuddi shundaymiz. Makaronning barcha turi mazali va oson tayyorlanadi, shuning uchun parhez paytida ulardan voz kechish juda qiyinligi ajablanarli emas. Biroq makaronni sog‘lom turmush tarzining bir qismiga aylantirishga imkon beradigan bir nechta layfxaklar mavjud.

Oq unli makarondan foydalanmang

U yuqori kaloriyali bo‘lib, tarkibida kletchatka mavjud emas. Chaqmoq tezligida so‘riladi va qonda qand darajasini oshiradi. Shunday qilib oq undan qilingan makaron haqida unuting — masalan, no‘xat kabi to‘liq donlardan tayyorlangan makaronni qidiring.

Souslarni zaytun moyi bilan tayyorlang

U sizni uzoqroq to‘q tutadigan sog‘lom yog‘larni va organizm yallig‘lanishiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan antioksidantlarni o‘z ichiga oladi.

Pishloqni cheklang

Uni nima bilan almashtirishni bilmayapsizmi? Veganlar tutgan usulni bajaring: ozuqaviy xamirturush makaronga pishloq va ozgina yong‘oq ta’mini beradi. Ular, shuningdek, xolesterinni kamaytirishga yordam beradigan beta-glyukanni o‘z ichiga oladi, pishloq esa xolesterinni oshiradi.

Sabzavotlarni ko‘paytiring

Ismaloq, bulg‘or qalampiri, qo‘ziqorin, brokkoli, sabzi, qovoq, gulkaram, yashil loviya — deyarli har qanday makaron bilan birlashganda ajoyib ta’m hosil qiladi. Ularning barchasi vitaminlar, kletchatka va antioksidantlar bilan to‘la, bularning barchasi sog‘lom metabolizmni saqlash uchun kerak. Bundan tashqari, sabzavotlar uzoqroq to‘q tutadi va shu bilan kunlik kaloriya miqdorini kamaytiradi.

Foto: Google Images

Makaronga protein qo‘shing

Bu butun donli mahsulotlar makaron bilan yaxshi ketadi. Likopchangizga tovuq yoki mol go‘shti qo‘shishdan cho‘chimang.

Past kaloriyali sousni tayyorlang

Yangi qaymoq va qaymoqli soulardan saqlaning. O‘rniga yangi ko‘katlar va sabzavotlardan foydalaning. Misol uchun bir osh qoshiq zaytun moyida mayda to‘g‘ralgan piyoz va bir bo‘lak sarimsoqni qovuring, so‘ngra ularga ikkita o‘rtacha pomidor qo‘shing va barchasini 15 daqiqa davomida qaynatib oling. Sousni silliq qilish uchun uni blenderda aylantirib oling.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vazn yo‘qotish uchun makaronni foydali taomga aylantirishning 6 xil usuli