Britaniyalik diyetolog Ebbi Langer tarkibida foydali yog‘lar bo‘lgan oziq-ovqatlarni sanab o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular vazn yo‘qotishga yordam beradi, deb yozadi Woman nashri.
Yong‘oq
Yong‘oqlar yuqori kaloriya mahsuloti hisoblanadi va shuning uchun olimlarning fikriga ko‘ra, kunlik porsiyaning hajmi 18 dona yong‘oqdan oshmasligi kerak, bu taxminan 170 kaloriya bo‘ladi. Biroq tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yong‘oqni ko‘proq iste’mol qiladigan odamlarda tana massasi indeksi bu mahsulotni umuman iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda pastroq.
Olimlar bodom tarkibidagi yog‘larning atigi40 foizihazm bo‘lishini isbotladilar. Qolgan 60 foizi bo‘linish va so‘rilish bosqichlaridan o‘tishga ulgurmay organizmdan chiqariladi. Ya’ni, bodom to‘yingan, shu bilan birga keraksiz kaloriya manbai emas, aksincha, gazak uchun muqobil variantdir.
Kokos yong‘og‘i yog‘i
So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kokos yog‘i metabolizmni yaxshilaydi va kuniga 120 kaloriyani sarflashga yordam beradi. Agar maqsadingiz umumiy kaloriya miqdorini kamaytirish bo‘lsa-yu, kuniga bir osh qoshiq yog‘ ichishni istamasangiz, unda sariyog‘ o‘rniga kokos yog‘i bilan bo‘tqa pishirishni o‘rganing. Doktor Bryus Fayf kokos yog‘ida 10 ta o‘rta zanjirli yog‘ kislotalari borligini aniqladi. Ularning har biri tabiiy ozuqa moddasi bo‘lib, boshqa oziq-ovqatlardan vitamin va minerallarning yaxshi so‘rilishini rag‘batlantiradi.
Avokado
Avokado — diyetologlar sariyog‘ o‘rniga foydalanishni maslahat beradigan yana bir mahsulot. Gap shundaki, avokadolar oson hazm bo‘ladigan yog‘lardan iborat bo‘lib, shu bilan birga bu mevada sog‘lom yog‘lar, klechatka va A, B, C, D, E, K va P vitaminlari mavjud.
Losos balig‘i
Losos inson uchun eng zarur mono to‘yingan yog‘li kislotalari bo‘lgan omega-3 larga boy, ularni faqat oziq-ovqatdan olish mumkin. D vitaminining kunlik ehtiyoji bu baliqning 120 grammida mavjud, shu bilan birga mahsulot yuqori kaloriyali emas (100 gramm uchun atigi 140 kkal). Losos balig‘i ikrasi ham foydalidir: uning tarkibida ko‘p miqdorda yod va foydali xolesterin (1,5-14 foiz) mavjud, bundan tashqari, ikra tarkibida uglevodlar mutlaqo yo‘q.
Tuxum sarig‘i
Tuxum sarig‘ida yurak xastaliklarini qo‘zg‘atuvchi xolesterin mavjud degan mashhur “qoida”ga qaramay ba’zi tadqiqotchilar tuxum sarig‘i organizm uchun zarur ekanini ta’kidlashadi. Aslida ular to‘qlik hissini keltirib chiqaradi, bu (hech bo‘lmaganda nazariy jihatdan) ortiqcha ovqatlanishni kamaytirishga yordam berishi kerak.
Mol go‘shti
Bir guruh mutaxassislar siz faqat sabzavot iste’mol qilasizmi yoki go‘shtni afzal ko‘rasizmi, bundan qat’iy nazar kaloriyasi kam bo‘lgan diyetada vazn yo‘qota olasiz degan fikrni ilgari suradilar. O‘t bilan oziqlangan sigirlarning go‘shtida yog‘ va kaloriyalar miqdori pastroq hisoblanadi.
Qattiq pishloq
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sut mahsulotlarini (jumladan, pishloq) diyetasiga kiritadigan odamlarda ortiqcha vazn va semirish ehtimoli kamroq. Bundan tashqari, pishloqning ayrim turlarida mavjud bo‘lgan yog‘ kislotalari metabolizmni tezlashtiradi va vazn yo‘qotishga yordam beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring