Shifokor deyarli har kuni, tez-tez iste’mol qilinsa, sog‘liq va vaznga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mevalarni sanab o‘tdi.
Nega bu mevalarni ko‘p iste’mol qilish kerak emas?
Istalgan kishidan nima uchun yozni yaxshi ko‘rishini so‘rang: hamyonbop sersuv va yangi mevalar uchun degan javob olasiz. Va bu haqiqat. Yoz — ko‘plab sevimli meva va rezavorlar yetilib pishadigan palla.
Biroq diyetolog Olga Dalakova qayd etganidek, tabiatning barcha noz-ne’matlarini har kuni istalgan miqdorda yeyish mumkin emas.
Ko‘pgina sersuv mevalarda tabiiy oddiy shakar — saxaroza, glyukoza va fruktoza mavjud. Ortiqcha iste’mol qilinganda ular salomatlik holatini sezilarli darajada yomonlashtirishi mumkin. Birgina misol: metabolism faoliyatini buzishidir.
Har kuni emas kun ora iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan mevalar
Diyetolog muntazam iste’mol qilib bo‘lmaydigan besh xil meva va rezavorlar nomini sanab o‘tdi.
- Banan. Bu meva to‘yimli va mazali. Biroq ularda uglevodlar va kaliy miqdori ko‘p bo‘lib, ularni tez-tez iste’mol qilish, vazn ortishi va yurak-qon tomir tizimidagi muammolarga olib kelishi mumkin. Axir foydali mikroelementlarning ko‘pligi yetishmasligi kabi zararli.
- Uzum. Me’yorida iste’mol qilinganda bu meva ovqat hazm qilish muammolarini bartaraf etadi, ko‘rishni yaxshilaydi va saraton rivojlanishining oldini oladi. Biroq agar uzum ko‘p yesangiz, tez orada tish shifokorining qabulida bo‘lishga tayyor turing. Mutaxassisga ko‘ra, sersuv mag‘iz tarkibida tish emalini yemiradigan ko‘plab kislotalar mavjud. Muammolarning oldini olish uchun har safar uzum iste’mol qilganingizdan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ini suv bilan yaxshilab chaying. Bundan tashqari, uzumni sevuvchilar bir oy ichida 5 kilogrammgacha ortiqcha vazn orttiradilar.
- Greyfrut. C vitamini ko‘p bo‘lgan meva past kaloriya hisoblanadi va uni ortiqcha iste’mol qilish salomatlikka tahdid solmaydi. Ammo bu meva oshqozon-ichak trakti, jigar yoki buyrak bilan bog‘liq muammolarni osongina kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun mutaxassis greyfrutni haftasiga 2-3 martadan ortiq iste’mol qilmaslikni maslahat beradi.
- Limon. Boshqa sitrus mevalar singari limon ham har kuni iste’mol qilinsa, tish emalini yemiradi. Oddiygina limonli suv ichsangiz ham. Shuning uchun bir bo‘lak limon yesangiz yoki bir stakan tetiklantiruvchi ichimlik ichganingizdan so‘ng darhol og‘zingizni chayishni unutmang.
- Tarvuz. Polshalik olimlar muntazam ravishda bu mevani uzoq muddat iste’mol qilish diareyaga olib kelishi mumkinligini aniqladi. Va bu kasallik hayot uchun xavfli holat — suvsizlanishga sabab bo‘lishi ma’lum.