Mashhur yulduz o‘zi amal qiladigan go‘zallik sirlari haqida batafsil gapirib beradi.
Uyqu rejimi
Xelli Berri doim uyqu rejimiga rioya qiladi: u erta yotadi va juda erta turadi. Shifokorlar bunday tartibning salomatlik, teri holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini allaqachon aniqlashgan.
Ovqatlanish
Ertalabki nonushta eng muhimi, deb ishoniladi. Biroq Xolli Berri tanani tinglash kerak, deb hisoblaydi, shuning uchun yulduz nonushtani o‘tkazib yuboradi, u birinchi taomini tushlik vaqtida yeydi.
Xolli Berri uchun ideal ovqat ko‘katli salat (rukkola, romen, ismaloq, brokkoli)dir, chunki bunday mahsulotlarda ko‘p miqdorda antioksidantlar mavjud. Xolli shuningdek, mazali bifshteks, tuxum va avokadoni yaxshi ko‘rishini tan oladi. Ertalab u qaymoq yoki kokos yog‘i qo‘shilgan (keto-kofe) qahva ichadi. Afsuski, aktrisaga bolaligida diabet tashxisi qo‘yilgan, shuning uchun u shakar va uglevodlarni istisno qiladigan ketogenik parhezga rioya qilishi kerak. Shirinliklar o‘rniga yong‘oq va turli rezavor mevalarni iste’mol qiladi.
Bundan tashqari, Berri intervalli ochlikka amal qiladi: u 8 soat ovqatlanadi va qolgan 16 soat och yuradi. Ammo hammaning organizmi har xil ekanligini unutmaslik kerak. Shuning uchun avval shifokor bilan maslahatlash, testlardan o‘tish va shundan keyingina parhez boshlash kerak.
Xolli Berri organizmida yetarli vitamin va ozuqa moddalari mavjudligiga ishonch hosil qiladi. Har kuni baliq yog‘i, kollagen va vitaminlar qabul qiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring