13:39 / 14.09.2023
348

Uzoq umr ko‘rish sirlari: Yelizaveta II ning 96 yoshgacha yashashiga hissa qo‘shgan maxsus diyeta

Foto: Getty Images

Marhum qirolicha Yelizaveta II ning uzoq va baquvvat hayot kechirishiga yordam bergan menyuni ko‘rib chiqamiz.

Hukmronligi davrida ko‘plab rekordlarni o‘rnatgan Yelizaveta II vafotiga bu yil bir yil to‘ldi. U hukmronlik qilgan va eng uzoq umr ko‘rgan monarxlardan biriga aylandi. Albatta, qirolichaning 96 yil jiddiy kasalliksiz yashashiga birinchi darajali tibbiyot, eng yaxshi parvarish va monarx uchun eng muhim jihat bo‘lgan tabiat qo‘ynida ko‘proq vaqt o‘tkazish yordam bergan. Ammo Yelizaveta II to‘g‘ri ovqatlanishga ham birdek e’tiborli bo‘lgan.

Bukingem saroyi oshpazi Darren Makgredining aytishicha, qirolicha o‘zi yeydigan har bir taom menyusini uch kun oldin shaxsan o‘zi ko‘rib chiqqan — rasmiy ziyofatlar menyusiga ham xuddi shunday yondashgan. Misol uchun, menyuda qirolichaga yoqmaydigan taomlar bo‘lsa, uni alohida yozib qo‘ygan, oshpazlar esa shunga qarab menyuni moslashtirgan. Agar malika yozilganlarga biron bir taom qo‘shmoqchi bo‘lsa, chiziq chizib, ustiga taom nomini yozgan. Shahzoda Endryu u bilan kechki ovqatni birga qilganida shunday bo‘lgandi, oshpazlar unga apelsinli krem-bryule tayyorlab berishgan.

Yelizaveta II va shahzoda Filipp, 1965-yil
Foto: Getty Images

Qirolicha ratsionining muhim tarkibiy qismi u joylashgan qasr yaqinida yetishtiriladigan tabiiy mahsulotlar edi. Misol uchun, sabzavotlar, mevalar, rezavorlar va ko‘katlar “o‘zimizniki” bo‘lishi kerak edi. Ma’lum bo‘lishicha, qirolicha mevalardan shaftolini, rezavorlardan qulupnayni yaxshi ko‘rgan.

Nonushta

Britaniyaliklarning choyga bo‘lgan muhabbati haqida ko‘plab hazillar bor, ammo ularning barchasi haqiqatga asoslangan. Hazrati oliyalari britaniyaliklarning bu ichimlikka bo‘lgan mehrini tasdiqlaydi, chunki u o‘zining sevimli Erl Grey choyisiz kunni boshlay olmasdi. Choy sut va shakarsiz bo‘lishi kerak edi, shakar o‘rniga Yelizaveta ikkita pechenye bilan choy ichishni yaxshi ko‘rgan.

Yelizaveta nonushta uchun yorma, tost, marmelad va yogurtni afzal ko‘rgan. Monarx shuningdek, to‘yimli nonushtani unchalik yoqtirmagan, ayniqsa, dudlangan losos bilan qovurilgan tuxumni iste’mol qilmagan.

Foto: Getty Images

Qirolichaning xizmatkori Charlz Oliverning ta’kidlashicha, Ikkinchi jahon urushidan beri Yelizaveta II Shotlandiya taomi — zira, qora murch yoki sarimsoq bilan dimlangan seld balig‘i — kiperni xush ko‘rib iste’mol qilgan. Biroq bu ovqatni tayyorlashda deyarli sarimsoq qo‘shilmasdi, chunki Yelizaveta II sarimsoqni yoqtirmasdi, saroydagilarga ham iste’mol qilishni taqiqlagandi.

Tushlik

Qirolicha tushlik uchun oddiy va past kaloriyali ovqatlarni afzal ko‘rgan, kraxmal va uglevodlardan voz kechib, ular o‘rniga kartoshka va makaronni qo‘shgan. Shuning uchun monarx ko‘pincha bug‘da pishirilgan baliq va dimlab pishirilgan sabzavotlarni iste’mol qilgan.

Tushdan keyingi choy (tolmachoy)

5 o’clock tea ko‘plab inglizlarning, shu jumladan, qirollik oilasi a’zolari ratsionining muhim qismidir. Yelizaveta II ham bundan mustasno emasdi, u uchun tushdan keyingi choy muhim vazifalardan qisqa tanaffus qilish yoki aksincha, yuqori martabali mehmonlarni an’anaviy choyga taklif qilish usuli edi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu paytda choy ichish bir-ikkita pishiriq bilan cheklanmasdi. Qirolichaning tushdan keyin choyi paytida dasturxonga turli xil pishiriqlar, sendvichlar va tortlar bilan tortilgan, Yelizavetaning o‘ziga xos taomlari bo‘lgan — qirolicha dudlangan losos, yangi bodring va tuxum qo‘shilgan sendvichni, shirinliklardan esa shokoladli va zanjabilli tortni yaxshi ko‘rgan.

Yelizaveta II, 1967-yil
Foto: Getty Images

Kechki ovqat

Yelizaveta II ko‘pincha kechki ovqatni dudlangan losos, forel va skumbriyadan tayyorlangan pashtet bilan boshlagan. Darren Makgredi, shuningdek, qirolicha go‘shtli ovqatlarni sevib iste’mol qilganini aytadi. Misol uchun, uning sevimli taomi qo‘ziqorin sousida pishirilgan kiyik go‘shtli steyk bo‘lgan. Monarx shirinliklarni unchalik xushlamagan, ammo shokoladni yaxshi ko‘rgan. Shuning uchun kechki ovqatdan keyin desert sifatida shokoladli shirinliklarni shaxsan o‘zi tanlangan.

Aytish kerakki, Yelizaveta II choyni yaxshi ko‘rish bilan birga, o‘ziga xos alkogolli ichimliklarni ham ichib turgan. Bular nemislarning shirin ta’mli vinosi, shuningdek, jin qo‘shilgan kokteyllar bo‘lgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uzoq umr ko‘rish sirlari: Yelizaveta II ning 96 yoshgacha yashashiga hissa qo‘shgan maxsus diyeta