17:36 / 12.10.2023
157

Kuzda zarur bo‘lgan vitaminlarga boy 6 ta mavsumiy mahsulot

Kuzda zarur bo‘lgan vitaminlarga boy 6 ta mavsumiy mahsulot

Kuz faslida vitamin va minerallarning yetishmasligi yanada ortadi va immunitet tizimi ko‘proq azoblanadi. Yilning bu vaqtida organizmda A, D, C, PP va B guruhi vitaminlari yetishmasligi yaqqol seziladi, ammo buni kuzda zarur bo‘lgan ozuqa moddalariga boy mavsumiy mahsulotlar yordamida tuzatish mumkin, deb yozadi People Talk.
Qovoq

Foto: People Talk

“Kuz malikasi” — qovoq ushbu mavsum uchun zarur bo‘lgan barcha vitaminlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Uning tarkibida A, D, C, PP, B guruhi vitaminlari va qo‘shimcha ravishda F, E va T vitaminlari, shuningdek minerallardan magniy, kaliy, kalsiy va temir mavjud. Qolaversa, hazm qilish uchun zarur bo‘lgan kletchatkaing yuqori miqdoriga ega. Qovoq metabolizmni tezlashtiradi va yomon xolesterinni chiqarib tashlaydi. Bundan tashqari, qovoq urug‘lari ham mahsulotning o‘zi bilan teng darajada qimmatli mahsulotdir, shuning uchun ularni ham iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Olma

Foto: People Talk
 

Albatta, olma hamma mavsumda ham foydali, ammo kuzda sotib olingan olmalar immunitetni oshirishga va organizmni temir, magniy, kalsiy, kaliy, yod va C, A, B1 vitamini bilan to‘ldirishga yordam beradi. Kuniga bir dona olma iste’mol qilish organizmni shamollash, sovuq ob-havo va stressga bardoshli qilishga qodir.

Karam

Foto: People Talk

Karam, gulkaram, brokkoli — uning barcha turlari kuzgi viruslarga qarshi  asosiy himoyachi bo‘lgan C vitamini konsentratsiyasi bilan maqtanishi mumkin. Karam D, B va K vitaminlarini o‘z ichiga oladi. Tuzlangan karam esa probiyotik hisoblanadi. Karamdan turli xil mazali taom va salatlar tayyorlash mumkin. Ularning iste’moli esa, albatta, organizmga foydalidir.

Lavlagi

Foto: People Talk

Birinchidan, lavlagi serotonin ishlab chiqarishga hissa qo‘shib, kayfiyatni ko‘taradi — kuzda bu xususiyat ikki baravar ko‘proq kerak. Ikkinchidan, u juda boy tarkibga ega: barcha B guruhi vitaminlari, shu jumladan foliy kislotasi, A va P vitaminlari, rux, magniy, kalsiy, fosfor, yod, mis, beta-karotin. U immunitet tizimini mustahkamlaydi, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, D vitaminining so‘rilishiga yordam beradi.

Klyukva

Foto: People Talk
 

Virus va infeksiyalardan eng yaxshi najot har kuni bir hovuch klyukva iste’mol qilish hisoblanadi. Rezavor qobig‘ida ko‘plab vitamin va mikroelementlar mavjud bo‘lib, u hujayralarning qarishi bilan kurashadigan kuchli antioksidantdir.

O‘rdak go‘shti

Foto: People Talk
 

Kuz ov mavsumi deb bejiz aytilmagan. Bu vaqtga kelib, jonivorlarda yog‘ning to‘plangan zahiralari tufayli u eng yaxshi ta’mga ega bo‘ladi. Aytgancha, uning ko‘rsatkichlari bo‘yicha u hayvon yog‘lariga qaraganda zaytun moyiga yaqinroqdir. Masalan, u omega-3 to‘yinmagan yog‘li kislotalarga boy. Go‘shtning o‘zida yuqori darajadagi temir mavjud bo‘lib, u qonni yaxshilaydi va kuch-quvvat bilan ta’minlaydi. Selen, rux, mis, B guruhi, shuningdek, E, A va C vitaminlariga ham boy.

Treska balig‘i jigari

Foto: People Talk
 

Umuman olganda, har qanday jigar go‘shti kuzda organizm uchun yaxshi yordam bo‘ladi, lekin baliq jigari ko‘proq foydalidir. Chunki u nafaqat to‘yimli, balki D vitamini va Omega-3 ni ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tarkibida mavjud bo‘lgan A va E vitaminlari yog‘da eriydi, ya’ni bu shaklda yaxshi so‘riladi. Biroq bu ushbu mahsulotni juda ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuzda zarur bo‘lgan vitaminlarga boy 6 ta mavsumiy mahsulot