10:41 / 17.11.2023
248

Semizlik bilan xayrlashing: vazn tashlashga yordam beradigan 3 ziravor

Yangi yil bayrami yaqinlashgani sayin ayollarning aksariyatida uzoq kutilgan oqshomgacha bir necha kilogramm ortiqcha vazndan qutulish istagi paydo bo‘ladi. Ammo tezroq ozish maqsadida “ochlik eʼlon qilish” hech qachon ijobiy natija keltirmaydi. Organizm kaloriyalar o‘rnini to‘ldirish uchun maksimal darajada harakat qiladi va sizni tunda muzlatkich tomon yo‘l olishga undaydi. Shuning uchun ham o‘ta qatʼiy usullar bilan ozishga harakat qilish ko‘p hollarda istalgan natijagacha olib bormaydi. Ammo...

Sizga oddiygina ziravorlar yordamida ozishingiz mumkinligini aytsak ishonasizmi?

Ular har bir uy bekasida bo‘lgani kabi sizning oshxonangizdan ham albatta, topiladi. Ushbu ziravorlardan har kuni turli taomlar tayyorlash jarayonida foydalanishingiz aniq. Albatta, yaxshigina ozishni maqsad qilsangiz bo‘lsangiz, ularning o‘zi bilan ish bitmaydi. Buning uchun to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish shart. Biroq biz quyida sanab o‘tmoqchi bo‘lgan ziravorlar ortiqcha kilogrammlarga sabab bo‘ladigan zararli odatlarga qarshi kurashishga yordam beradi.

1-yordamchi: Dolchin

Ushbu ziravor organizmning shirinliklarga bo‘lgan talabini susaytirish, ishtahani nazorat ostida ushlashga ko‘maklashadi. Biz qondagi qand miqdori oshib ketishi natijasida kuchli ochlikni his qilamiz, dolchin esa qand miqdorini meʼyorida ushlab turishga yordam beradi.

“Men har kuni tongda sutga pishirilgan suli bo‘tqasini banan va dolchin bilan birga tanovul qilaman. Bu dunyodagi eng yaxshi yegulik!”

Kortni Meri Kardashyan, model

Foto: Noviy ochag

Parhezshunoslarning aytishlaricha, dolchin tarkibida organizm uchun foydali vitamin hamda minerallar saqlanadi, ular tanangizni toksinlardan tozalaydi va immunitetni oshiradi. Ozish niyatida bo‘lgan insonlarga dolchinni kukun ko‘rinishida emas, tayoqcha shaklida shakarga qo‘shib isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Nimalarning tarkibiga qo‘shish mumkin: choy, sutli qahva, tvorog, pishirilgan olma, tabiiy yogurt, mevali salatlar.

Qarshi ko‘rsatmalar: ko‘plab foydali xususiyatlariga qaramay, dolchinni oshqozon-ichak trakti, yurak-qontomir tizimi, buyraklar, jigar kasalliklaridan aziyat chekadigan bemorlar, shuningdek gipertoniklar isteʼmol qilishi mumkin emas.

2-yordamchi: Kurkuma

Ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan ushbu ziravor taomlarga o‘ziga xos taʼm va tillarang tus beradi, shu bilan birga organizmda moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Parhezshunoslarning aytishlaricha, bularning barchasi ziravor tarkibidagi kurkumin moddasi sharofatidan. U tanada yog‘ qatlamlari paydo bo‘lishining oldini oladi, ularning parchalanishiga yordam beradi, “og‘ir” (go‘shtli, yog‘li, qovurilgan) taomlarning hazm bo‘lishini osonlashtiradi.

Foto: Novochag

Nimalarning tarkibiga qo‘shish mumkin: choy, qahva, qaylalar, salatlar, toblamalar (tvorogli va kartoshkali), sabzavotlardan tayyorlangan issiq ovqatlar, guruch va dukkakli mahsulotlar, dimlangan go‘sht.

Qarshi ko‘rsatmalar: ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq surunkali kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar, shuningdek gipertoniklarga kurkuma isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.

3-yordamchi: Yalpiz

Yalpiz ko‘plab taom va ichimliklar uchun qo‘shimcha tarkibiy mahsulot hisoblanadi, ularga takrorlanmas taʼm va yoqimli hid bag‘ishlaydi. Biroq yalpizning ortiqcha kilogrammlarga qarshi kurashda foydali ekanligini ko‘pchilik bilmaydi.

Gap shundaki, ushbu o‘simlikda salomatlik bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni bartaraf etish xususiyati mavjud: u sizni jig‘ildon qaynashi, qorin dam bo‘lishidan xalos etadi, oshqozon faoliyatidagi buzilishlarga qarshi kurashadi, ichaklar va o‘t pufagi salomatligini qayta tiklaydi. Yalpizning oshqozon-ichak trakti mikroflorasiga ko‘rsatadigan ijobiy taʼsiri natijasida ishtaha susayadi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi.

“Men yalpizli choyni juda yaxshi ko‘raman, u oshqozonni dori preparatlaridan yaxshiroq tinchlantira oladi”.

Deydra O‘Keyn, irland aktrisasi, komik

Foto: Noviy ochag

Nimalarning tarkibiga qo‘shish mumkin: Choy, turli ichimliklar, salatlar, qaylalar, go‘shtli, baliqli va sabzavotli taomlar.

Qarshi ko‘rsatmalar: yalpiz yosh-u qari uchun birdek foydali, faqatgina qon bosimi past hamda varikozdan aziyat chekuvchi insonlar bundan mustasno.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Semizlik bilan xayrlashing: vazn tashlashga yordam beradigan 3 ziravor