15:22 / 04.12.2023
155

Choy, tish pastasi hamda me’yordan oshirilsa, xavfli hisoblanuvchi 10 ta mahsulot

Foto: “Noviy ochag”
 

Ushbu mahsulotlar foydali, lekin ular me’yoridan oshganda zararga ishlay boshlaydi. Ba’zan esa inson o‘limi bilan yakun topishi ham mumkin. Shuning uchun ushbu mahsulotlarni me’yoridan ortiqcha iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.

Soya sousi

2013-yil virjiniyalik 19 yosh yigit do‘stlari bilan janjallashib, bir litr soya sousini ichib yuborgan. Yigit o‘sha zahoti komaga tushgan va qonida ko‘p miqdordagi tuz tufayli gipernatriyemiya kasalligidan arang qutqarib qolingan. Xuruj yigit sousni ichganidan so‘ng boshlangan va shifoxonaga yetkazilguncha u komaga tushgan. 5 soat mobaynida shifokorlar natriy miqdorini me’yorlashtirishga muvaffaq bo‘lgan, ammo yigit uyg‘ongunga qadar ham komadan chiqmagan. Shifokorlar bemorni juda omadli deb hisoblaydi, chunki u qonda natriyning bunday konsentratsiyasidan keyin ham hech qanday asoratlarsiz omon qolgan birinchi inson edi.

Choy

Arkanzaslik 56 yoshli erkak juda ko‘p sovuq choy ichishi natijasida buyrak yetishmovchiligi kasalligini orttirdi. U har kuni taxminan 16 stakan choy ichgan va 2014-yilda qattiq og‘riq, holsizlik va ko‘ngil aynishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shundan so‘ng shifokorlar buyraklarning jiddiy zararlangani va umrining oxiriga qadar dializda bo‘lishini aniqlagan. Buyrakning shikastlanishiga qora choy tarkibida hosil bo‘ladigan oskolit deb nomlangan modda (shuningdek, ismaloq va rovoch tarkibida ham mavjud) sabab bo‘lgan. Kuniga 4-6 stakan qora choy xavfsiz, ammo 16 tasi juda ko‘p va zararli.

Muskat yong‘og‘i

Oz miqdordagi muskat yong‘og‘i xavfsiz, albatta. Ammo ikki osh qoshiqdan ko‘proq iste’mol qilinsa, bu gallyutsinatsiyaga olib kelishi shubhasiz. Shuning uchun ushbu mahsulot o‘tgan asrning 90-yillarida mashhur bo‘lgan. U yengil giyohvand modda sifatida ishlatilgan. Muskat yong‘og‘ining haddan tashqari ko‘p iste’molidan kelib chiqadigan nojo‘ya ta’sirlar bir necha soatdan keyin paydo bo‘ladi. Inson bunday vaqtda qo‘rquv, tashvish kabi tuyg‘ularni boshdan kechiradi.

Tish pastasi

AQShda o‘tgan asrning 90-yillarida ftorli tish pastasining qutisida shunday ogohlantirish mavjud bo‘lgan: “Yutib yubormang! Bolalar no‘xatdek miqdorda foydalanishi tavsiya etiladi”. Albatta, agar tasodifan oddiy tish pastasining bir qismi yutib yuborilsa, hech narsa sodir bo‘lmaydi. O‘ta og‘ir hollarda oshqozon buzilishi mumkin. Ftorli birikmalar esa toksik bo‘lib, bosh aylanishi, oshqozon og‘rig‘i va ba’zi hollarda o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Karam mahsulotlari

Gulkaram, brokkoli va karam, albatta, juda foydali, chunki tarkibida antioksidantlar va ko‘plab vitaminlar mavjud. Ammo ularning me’yordan ortig‘i sog‘liq uchun zararli bo‘lishi ham mumkin. 2011-yilda bir kishi Rojdestvo kechki ovqatida Bryussel karamini iste’mol qilib, kasalxonaga yotqizilgan. Bemorning yuragi sun’iy bo‘lib, uning ishlashini ta’minlash uchun doimo antikoagulyantlarni qabul qilgan. Qonni quyultiruvchi K vitaminining juda ko‘p miqdori dori-darmonlarning ta’sirini to‘sib qo‘ygan va bemor yuragida muammo paydo bo‘lgan. Kasallikning sababi aniqlangach bemor tezda tuzalib ketgan. Shuningdek, qalqonsimon bez faoliyati sust bo‘lgan insonlarga karam mahsulotlarini iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Tunets balig‘i

Tunets odatda homilador va yosh bolalar uchun tavsiya qilinmaydi. Chunki xom, qaynatilgan va konservalangan tunets tarkibida simob mavjud bo‘lib, u boshqa baliqlarda ham uchraydi. Simob bilan zaharlanishning dastlabki belgilariga oyoq-qo‘llarda og‘riq, titroq va ko‘rishda muammolar kiradi. Shuningdek, simob bilan zaharlanish xotiraga ham ta’sir qiladi va salohiyatni susaytiradi. Og‘ir hollarda buyrak muammolari, nafas qisilishi va o‘lim holati bilan yakunlanadi.

Og‘riq qoldiruvchi malham

Bunday vositalar og‘riqni yengillashtiradi, ammo ularni ko‘p ishlatish mumkin emas. Malham tashqi vosita bo‘lishiga qaramay, teri teshiklari orqali qonga kiradi. 2007-yil 17 yoshli sportchi Ariel Nyuman malhamdan haddan tashqari ko‘p miqdorida foydalangani tufayli vafot etgan.

Qizilmiya

Qizilmiya 40 yoshdan oshganlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Uni muntazam ishlatish  natijasida yurakda muammolar paydo bo‘ladi. Qizilmiya tarkibida glitsirrizin mavjud bo‘lib, u kaliy miqdorini pasayishiga olib keladi. Ikki hafta davomida ushbu mahsulotni muntazam iste’mol qilish qon bosimi va yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Choy, tish pastasi hamda me’yordan oshirilsa, xavfli hisoblanuvchi 10 ta mahsulot