00:08 / 27.12.2023
350

Olimlar sabzining saratonga qarshi ta’sirini aniqladilar

Olimlar sabzining saratonga qarshi ta’sirini aniqladilar

Britaniyalik olimlar sabzi iste’mol qilish va saraton xavfini kamayishi o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqladilar. Ular ushbu mavzu bo‘yicha jami 4,7 million bemorni qamrab olgan 198 ta tadqiqot o‘tkazdilar.

Nyukasl universiteti jamoasi haftasiga 400 g sabzi iste’mol qilish saraton rivojlanish xavfini 20 foizga kamaytirishini aniqladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sabzi saratonga qarshi bir qator birikmalar, shu jumladan poliasetilenlarni o‘z ichiga oladi. Biroq, ko‘plab olimlarning diqqat markazida bo‘lgan beta-karotin moddasi saraton xavfini kamaytirishga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

Sabzining ijobiy ta’siri barqaror bo‘lib chiqdi. U turli xil saraton turlariga qarshi samaradorligini ko‘rsatdi, deya xabar beradi Critical Reviews in Food Science and Nutrition.

«Sabzi iste’mol qilish saraton xavfini kamaytirish bilan kuchli bog‘liq. Uni iste’mol qilishni rag‘batlantirish va sabab-ta’sirlarini yanada chuqurroq o‘rganish kerak», deya ta’kidladi ilmiy ish mualliflari.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar sabzining saratonga qarshi ta’sirini aniqladilar