Foto: Grazia
Yurish jismoniy faoliyatning eng oson va foydali shakli bo‘lib, uni deyarli har doim va hamma joyda amalga oshirish mumkin. Sayrga chiqishga vaqtingiz yo‘qmi? Quyida Grazia nashri bu boradagi maslahatlari bilan o‘rtoqlashadi.
Telefonda gaplashayotganda yuring
Telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berish asnosida o‘rningizdan turing: har bir telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lganda, hatto konferensiyada (xonada u devordan bu devorgacha) yursangiz ham kun davomida anchagina masofani bosib qo‘yasiz. Juda sekin sur’atda yurish bo‘lsa ham, o‘tirishdan ko‘ra foydaliroqdir.
Avtomobil qo‘yish joyini to‘g‘ri tanlang
Ishga mashinada borasizmi? Ofisingizdan bir necha kilometr uzoqroq masofada to‘xtashga harakat qiling: birinchidan, bu bo‘sh joy topishni osonlashtirishi mumkin, ikkinchidan, har kuni yana ming yoki ikki ming qadam yurish imkonini beradi.
Bir-ikki kishilik yig‘ilishlarni ochiq havoda tashkillashtiring
Agar siz hamkasblaringiz bilan biror narsani muhokama qilishingiz kerak bo‘lsa, ularni ofisga taklif qilmang — buning o‘rniga sayrga chiqqaningiz ma’qul. Hech bo‘lmaganda yo‘lakka: birinchidan, bunday holatda ko‘proq qadam bosasiz, ikkinchidan, sizda muammoning to‘g‘ri yechimini topish imkoniyati ortadi. Aytgancha, hatto qisqa yurish ham ijodiy fikrlashni 60 foizga oshiradi!
Lift haqida unuting
Lift, eskalatorlar va boshqa harakatlanuvchi narsalarni unuting, ularni xotirangizdan o‘chirib tashlang. Faqat zinapoyalar va faqat qadamlar!
Ish joyida ovqatlanmang
Hech qachon tushlik vaqtini o‘tkazib yubormang va ish joyida ovqatlanmang. Birinchidan, bu qomat uchun zararli: ovqat va ish bir vaqtda bo‘lganida, ko‘p yeyishga moyillik ortadi. Ikkinchidan, bu faol ishlashimizga to‘sqinlik qiladi, natijada ko‘proq charchaymiz va ko‘p narsaga ulgurmaymiz. Uchinchidan esa, har kuni tushlik qilish uchun toza havoga chiqsangiz, qo‘shimcha sayr qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring