Qahvaga qaramlikdan aziyat chekasizmi? Ushbu xushbo‘y ichimlikka bo‘lgan ishtiyoq sog‘ligingiz uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Quyida qahvaga qaramlikni aniqlashga yordam beradigan bir nechta belgilarni ko‘rib chiqamiz.
— Uyg‘ongandan so‘ng darhol qahva ichish xohishini his qilasiz va qahvasiz ishga kirisha olmasligingizni sezasiz. Bir finjon qahva uyg‘onish uchun eng katta motivatsiyaga aylanadi.
— Uzoq vaqt davomida qahva ichmasangiz, tushkunlikka tushib, asabiylashishni boshlaysiz. Hatto bosh og‘rig‘ini ham his qilishingiz mumkin.
— Agar odatdagi soatlarda qahva ichmasangiz, energiya yetishmasligi va uyqusizlikdan azob chekishni boshlaysiz.
— Ko‘p qahva ichgan kuningizda yurak urishi, diqqatni jalb qilish va asabiylashish hissini tuyasiz. Ichmagan kuningizda esa aksincha.
— Qahva ichish yoki uni ma’lum bir uslubda tayyorlash uchun ko‘p kuch va pul sarflaysiz.
— Bir finjon qahva avvalgidek tetiklantirmayotganligini his qilasiz va energiyani saqlash uchun ko‘proq ichish kerak bo‘ladi.
— Doim uydan uzoqda bo‘lganingizda qahva ichishingiz mumkin bo‘lgan joylarga e’tibor berasiz.
— Boshqa ichimliklarni ichgingiz kelmaydi. Kafe yoki restoranda bo‘lsangiz, albatta, desert uchun qahva buyurtma qilasiz.
— Agar kimdir yoningizda qahva ichayotganini ko‘rsangiz, sizda ham qahva ichish xohishi paydo bo‘ladi.
— Uyqusizlik bilan bog‘liq muammolarga duch kelasiz. Kofein markaziy asab tizimiga ogohlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va bu uyqusizlikka olib keladi.
Agar siz o‘zingizda uch yoki undan ortiq belgilarni qayd qilgan bo‘lsangiz, unda qahva hayotingizda katta rol o‘ynaydi. Ichimlik iste’molini asta-sekinlik bilan kamaytirishga harakat qiling va uni kofein miqdori kamroq yoki umuman bo‘lmagan boshqa ichimliklarga almashtiring.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring