14:35 / 21.02.2024
324

Har kuni ertalab bir dona yashil olma yeyishning 7 foydasi

Har kuni ertalab bir dona yashil olma yeyishning 7 foydasi
Foto: Rare-gallery
Ingliz tilida “Har kuni olma iste’mol qilgan inson shifokor qabuliga bormaydi”, degan ibora bor. Yashil olma tanamiz uchun eng foydali mevalardan biri hisoblanadi, chunki uning tarkibida ko‘plab vitaminlar va xlorofill immunitetni kuchaytiradi, bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi, organizmdan toksinlarni haydaydi.

Yashil olmani iste’mol qilish uchun eng yaxshi vaqt ertalabki nonushta paytidir. Kubanskiye novosti ma’lumot berishicha, yashil olmaning quyidagi foydali xususiyatlari mavjud:

1. Yashil olma ozish jarayonini tezlashtiradi. Olma tarkibidagi kletchatkalar uzoq vaqt davomida ochlik hissi bo‘lmasligini ta’minlaydi, ovqat hazm qilish tizimi yaxshiroq ishlashiga yordam beradi;

2. Olma qandli diabetning oldini oladi. Ertalab bir dona yashil olma iste’mol qilsangiz, butun kun davomida shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirasiz;

3. Yurak-qon tomir tizimini normallashtiradi. Nordon olma tarkibida yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadigan moddalar mavjud. Ular qon tomirlarida xolesterin to‘planishiga to‘sqinlik qiladi;

4. Metabolizmni ishga tushiradi. Har kuni ertalab muntazam ravishda yashil olma yeyish orqali siz metabolizmni tezlashtirishingiz va qabziyatdan xalos bo‘lishingiz mumkin;

5. Bosh miya salomatligi. Yashil olma keksayganda aqliy zaiflikka olib keladigan turli kasalliklarning oldini oladi. U qon aylanish tizimini rag‘batlantiradi, natijada miya hujayralari kislorod bilan to‘yinadi;

6. Yuz terisining tiniq va chiroyli bo‘lishiga yordam beradi. Tarkibidagi antioksidantlar tufayli yashil olma terini erta qarishdan va mimik ajinlar paydo bo‘lishidan himoya qiladi;

7. Og‘iz bo‘shlig‘idagi noxush hidni bartaraf etadi. Yashil olmadagi mikroelementlar tishlar va og‘iz bo‘shlig‘idagi zararli bakteriyalarni yo‘q qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har kuni ertalab bir dona yashil olma yeyishning 7 foydasi