Doimiy stress va kamharakat hayot tarziga to‘la zamonaviy dunyoda har qanday yoshda sog‘liq haqida qayg‘urish muhimdir. Umumiy sog‘lig‘imizni yaxshilashning eng oson va xarajatsiz usuli bu piyoda sayr qilish hisoblanadi.
Quyidagi maqolada nima uchun doimiy sayr qilish sog‘lom hayot manbai ekanligi haqida ma’lumot beramiz.
Foto: Yourweightmetters
Har kuni bir soatdan piyoda yurishning qanday foydasi bor?
Toza havoda sayr qilish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlash va qon aylanishini yaxshilash uchun zarur. Bunday odat arterial gipertenziya va insult rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Muntazam piyoda yurish kayfiyatni ko‘tarib, organizmning umumiy ahvolini yaxshilaydi, mushak va suyaklarni mustahkamlaydi, qonda xolesterin miqdorini me’yorlashtirib, ateroskleroz rivojlanish xavfining oldini oladi.
Bundan tashqari, piyoda yurish ruhiy salomatlikni yaxshilaydi: sayr stress va tushkun kayfiyatni yengishga yordam beradi. Piyoda yurish vaqtida endorfinlar — baxt gormonlari ishlab chiqiladi va kundalik muammolardan ozgina bo‘lsa-da chalg‘ishga ko‘maklashadi.
Sayr vaqtini mazmunli va manfaatli o‘tkazish uchun audiokitoblar, turli podkastlar eshitish mumkin.
To‘g‘ri yurishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Foto: Yourweightmetters
- Piyoda yurish kundalik mashg‘ulotga aylanishi lozim. Har kuni bir soat sayr qilishni maqsad qiling va bu odatga sodiq qoling.
- Sayr sog‘liqqa maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun daraxtzorlarga boring.
- Sayrga oila a’zolaringiz, do‘stlaringizni taklif eting.
- Yurish uchun qulay poyabzal tanlang.
- To‘g‘ri nafas olish qoidalariga amal qiling.
- Yurganda pulsingiz 100 dan kam bo‘lsa, ozgina tezlashing. Yurak 1 daqiqada 120-130 dan ko‘p ursa, sekinlashing.
Va eng asosiysi: piyoda sayr qilishni bugundan boshlang — bunday tanlovdan afsuslanmaysiz! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi