Aksariyat insonlar o‘zini mazali tamaddidan chegaralamay vazn yo‘qotish murakkab deb o‘ylaydi, lekin parhez tutganda mazali va foydali yeguliklar bilan o‘zni siylash ham mumkin. Tabiat in’om etgan xilma-xil meva va sabzavotlar, o‘simliklar hamda dengiz mahsulotlari sog‘lom turmush tarzini davom ettirishda yordam beradi. Quyida ham mazali, ham juda kam kaloriyali (maksimum 100 gacha) bo‘lgan 15 xil mahsulotni ko‘rib chiqamiz.
Sarsabil
Foto: Marie Claire
Ushbu mahsulot sabzavot va manzarali ekin bo‘lib, O‘zbekiston tabiatida uning ikki turi uchraydi. 5 dona katta hajmdagi sarsabil umumiy miqdorda 20 kilokaloriya ozuqaviy qiymatga ega. Sarsabil turli souslar bilan birga iste’mol qilinadi.
Edamame loviyasi
Foto: Marie Claire
Edamame — bu yashil rangli pishmagan loviya novdasining bir turi bo‘lib, oqsil, E vitamini, kletchatka kabi ozuqaviy moddalarga boy. Taxminan 100 gramm mahsulotda 63 kilokaloriya: 4,7 gramm oqsil, 6,3 gramm uglevod va 2 gramm yog‘ mavjud. Sharqda uni soya sousi bilan birga iste’mol qilishadi, ammo qo‘shimcha souslar ko‘proq kaloriya berishini unutmaslik lozim.
Dengiz chig‘anoqlari
Foto: Marie Claire
4-5 dona katta hajmdagi dengiz chig‘anoqlari 89 kilokaloriya ozuqaviy qiymatga ega. Unda 17 gramm oqsil, 2,7 gramm uglevod va 0,9 gramm yog‘ mavjud.
Krevetkalar
Foto: Marie Claire
Qisqichbaqasimonlarning mazkur mayda turkumi ham juda kam quvvatga ega bo‘lib, 100 gramm mahsulotda 85 kilokaloriya mavjud: 20 gramm oqsil, 0,5 gramm yog‘ va 0 gramm uglevod. Krevetkalarni yog‘da qovurish orqali taom kaloriyasi ortishini hisobga olish yodingizdan ko‘tarilmasin.
Malina
Foto: Marie Claire
Barcha sevib iste’mol qiladigan ushbu rezavor ham juda parhezbop. 100 gramm malina 50 kaloriya kuchga ega. Unda 1,4 gramm oqsil, 12 gramm uglevod va 0 gramm yog‘ bor.
Qulupnay
Foto: Marie Claire
Qulupnay ham deyarli kaloriyasi yo‘q mevalar sirasiga kiradi. 100 gramm qulupnay energetik qiymati 36 kilokaloriyadir.
Ananas
Foto: Marie Claire
100 gramm ananas — taxminan bir piyola tozalangan ananas bo‘laklari tarkibida 57 kilokaloriya bor. Konservalangan va yangi uzilgan ananas energetik qiymati va foydalilik jihati bir-biridan farq qiladi.
Kivi
Foto: Marie Claire
Bir dona katta kivida 61 kilokaloriya bo‘lib, uning tarkibida apelsinga nisbatan ko‘proq C vitamini mavjud.
Selderey
Foto: Marie Claire
O‘rtacha nisbatda 2 shox selderey ko‘kati tarkibida 0,7 gramm oqsil, 3 gramm uglevod, 0,2 gramm yog‘ — umumiy 17 kilokaloriya mavjud. Mazkur ko‘kat metabolizmni yaxshilash xususiyatiga ham ega.
Kichik sabzi navi
Foto: Marie Claire
Bunday turdagi sabzi odatiy sabzavotlardan farq qilmaydi, shunchaki uni iste’mol qilish qulay va tozalashni talab etmaydi. 10 dona kichik sabzining umumiy energetik qiymati 41 kilokaloriyadir.
Qaynatilgan tuxum
Foto: Marie Claire
1 dona qaynatilgan tuxumda 70 kilokaloriya — 12 gramm oqsil, 10 gramm yog‘ va 0 gramm uglevod mavjud.
Qizil loviya
Foto: Marie Claire
Qizil loviya parhezshunoslar tomonidan tez-tez taklif etiladigan to‘yimli mahsulot hisoblanadi. 100 gramm qizil loviyada 85 kilokaloriya mavjud.
Yunon yogurti
Foto: Marie Claire
Pishirish texnikasi odatiy yogurtdan farq qilgani uchun juda kam kaloriyali mahsulot sanaladi. 100 gramm mahsulot energetik qiymati 100 kilokaloriyadir (shakar solinmaganda).
Qizil olma
Foto: Marie Claire
100 gramm qizil olma tarkibida 53 kilokaloriya: 12,3 gramm oqsil bo‘lib, yog‘ va uglevod mavjud emas.
Tarvuz
Foto: Marie Claire
Ushbu poliz mahsulotini faqat kech yoz va kuz faslida yeyish tavsiya etiladi. 200 gramm tarvuz tarkibida 42 kilokaloriya mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi