© pexels/Viktoria Slowikowska
Vitaminlar va sog‘lom turmush tarzi-uzoq umr garovi. To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Xolli Zokkolan Express internet nashriga bergan intervyusida qanday qilib umrni mazali va foydali tarzda uzaytirish mumkinligii borasida o‘z tavsiyalarini berdi.
“Uzoq umr ko‘rish va salomatlik uchun men zaytun yog‘i, yog‘li baliq, avokado, yong‘oq va urug‘lar kabi foydali yog‘larni iste’mol qilishni tavsiya qilaman”, deydi u.
Sog‘lom yog‘lar zararli xolesterin miqdori, shuningdek yurak kasalliklari, insultning kelib chiqishini kamaytiradi. U araxis yog‘i, soya loviyasi, soya suti va tofu kabi mahsulotlarda bo‘ladi.
Mutaxassis, shuningdek, ratsionga kletchatkaga boy bo‘lgan loviya, don mahsulotlari, sabzi va brokkolini qo‘shishni ham tavsiya qildi. “Ishonch hosil qiling, sabzavotlardan yetarli miqdorda kletchatka olib, shu bilan ratsioningizda qayta ishlangan va shakarli mahsulotlar sonini kamaytirasiz”, deya ta’qiladi u.
Ekspert tarkibida ko‘p miqdorda shakar bo‘lgan shirin gazirovka, pishiriqlar va tayyor yormalardan voz kechishni maslahat berdi. Xususan, “Ratsioningizdan soya, rapso va kunboqar yog‘lari kabi rafinatlangan (tozalangan, oqlangan) o‘simlik yog‘larini mutlaqo chiqarib tashlang”, deydi Zokkolan.
Rafinatlangan yog‘lar organizm uchun nihoyatda zararli, chunki yog‘ asosan kimyoviy usul bilan tozalanadi. Shuning uchun uni qo‘shimcha toza zaytun moyiga almashtirgan ma’qul.
Ekspertning ta’kidlashicha, ko‘proq oqsilga boy oziq-ovqatlar, yangi uzilgan mevalarni iste’mol qilish va ko‘p miqdorda suv ichish kerak. Qish faslida esa D, C vitaminlari va rux qabul qilish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi