Inson xotirasi shunday tuzilganki, u faqat o‘ziga yoqqan va qiziqish uyg‘otgan ma’lumotni yaxshi eslab qoladi. Psixiatr, tibbiyot fanlari doktori N.F.Shaxmatov o‘zining “Psixologik qarish” asarida ta’kidlaganidek, har qanday intellektual faoliyatda ma’lumotni yaxshi anglay olish uning xotirada qolishi uchun muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun insonda motivatsiya bo‘lishi lozim.
Biz his-tuyg‘ular orqali biror narsani kuzatish va diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantiramiz va kerakli ma’lumotni doimiy xotirada joylashishiga yordam beramiz.
Psixologiya fanlari nomzodi, Moskva davlat universitetining psixologiya kafedrasi dots.nti O.V.Krasnova xotirada muammolar boshlanishining oldini olishda jismoniy faol bo‘lish va sportning ahamiyati kattaligini ta’kidlaydi. Bosh miya bir faoliyatdan boshqa turdagi ishga o‘tganda uning ishlashi yaxshiroq kechadi va xotira mustahkamlanadi.
Foto: Wday
Quyida xotira keksalik chog‘ida ham yaxshi ishlashi uchun foydali bo‘lgan mashqlarni ko‘rib chiqamiz.
Shunchaki qaramang, balki zimdan kuzating
Masalan, sayrga chiqqan paytda e’tiboringizni atrofdagi boshqa mayda detallar — tovushlar, hidlar, ranglarga ham qarating. Uydan ishgacha bo‘lgan yo‘ldagi har bir yo‘l belgisi yoki do‘konlarni ketma-ketlikda eslab qoling.
O‘tmishni xotirlang
Bo‘lib o‘tgan voqealarni barcha tafsilotlari bilan yodga olish ham xotirani charxlashda yordam beradi. Masalan, hafta oxirida o‘tgan kunlarning eng yaxshi lahzalarini eslab qo‘ying.
Biror ma’lumotni yod oling
She’r, biror asar, xorijiy so‘zlar, yangi ibora kabi miya uchun notanish bo‘lgan narsalarni yod oling. Bunda matndagi ma’noni anglab yodlash muhimdir.
Ko‘proq kitob o‘qing va o‘qiganlaringizni so‘zlab bering
Kitob mutolaa qilish jarayonida motor xotirasi va vizual xotira baravar ishlaydi. Bu vaqtda mantiqiy va mavhum fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
O‘zingiz hikoya o‘ylab toping
Matn yoki hikoya tuzish kabi mashqlar maktab o‘quvchilari uchun m’ljallangandek ko‘rinadimi? Adashasiz! Bunday mashg‘ulot barcha yoshdagi insonlar uchun xotirani mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Kreativ yondoshgan holda biror hikoya tuzing va uni so‘zlab bering.
Keksa yoshda xotirani rivojlantirish uchun pozitiv atrof-muhit va yaxshi sharoit ham bo‘lishi lozim. Muloqot, ijtimoiy faollik, kundalik tartibga amal qilish, uyquning sifatli bo‘lishi va to‘g‘ri ovqatlanish tartibi ham bosh miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi