Foto: “Lisa.ru”
Fast-fud hamda shakar sog‘lom va chiroyli terining asosiy dushmanidir, deydi dermatolog Knara Andryan. Andryan terining salomatligi va ko‘rinishi ko‘p jihatdan ovqatlanishga bog‘liqligini ta’kidladi.
"Terining asosiy dushmani — shakar. U shakar va oqsillarning birlashishi hamda keyinchalik kollagenning qotib qolishi— glikatsiyaga olib keladi. Ushbu jarayon tufayli ajinlar paydo bo‘lish jarayoni tezlashadi", — deydi shifokor.
Biroq, shakarni iste’moldan butunlay chiqarib tashlashning hojati yo‘q. Lekin uning iste’molini iloji boricha eng kam miqdorga kamaytirish kerak. Xuddi shu sababga ko‘ra, mutaxassis ovqatlanishda uglevodlar miqdorini kamaytirishni tavsiya qildi.
Shifokor, shuningdek, tez ovqatlanish, gazak va spirtli ichimliklarning teri salomatligiga salbiy ta’sirini haqida ham ta’kidladi.
"Spirtli ichimliklar tananing suvsizlanishiga olib keladi, shuning uchun yuzda mayda kapillyarlarning kengayishi va kichik ajinlar paydo bo‘ladi", — deydi Andryan.
Mutaxassis semizlikka moyil bo‘lgan insonlarga soat 19:00 dan keyin meva iste’mol qilmaslikni maslahat berdi, chunki ulardagi fruktoza tanadan suvni tortib oladi. Mevaga muqobil sifatida u antioksidantlarga boy rezavorlar — malina, smorodina va klyukvani tavsiya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi