20:18 / 12.06.2024
127

Kam ovqatlanish sabablari va ishtahani oshirishning 12 ta usuli

Kam ovqatlanish sabablari va ishtahani oshirishning 12 ta usuli
Ishtahaning yaxshiligi salomatlik belgisidir. Ochlik hissi yetishmasligi turli muammolardan tortib anoreksiyaga qadar olib borishi hech gap emas. Agar ketma-ket bir necha kundan ortiq me’yorda ovqat yemasangiz, ishtahangizni qanday oshirish haqida o‘ylash vaqti keldi.

Foto: iStock
Ishtahani qanday oshirish mumkin: foydali maslahatlar

Ishtahani yo‘qotish ko‘pincha stress va boshqa muammolar tufayli yuzaga keladi. O‘zingizni majburlab ovqatlanishingiz shart emas. Muammoni hal qilishingiz va organizmni yana ovqat so‘rashga undashingiz kerak.

Organizmni ovqat yeyishga undaydigan kichik hiylalar bor:
- Kam-kam, lekin tez-tez ovqatlaning. Oshqozon kichik hajmdagi ovqatni yaxshiroq qabul qiladi.
- Ko‘p miqdorda toza suv iching, kuniga 2 litrgacha. Ishtahani yo‘qotishning eng keng tarqalgan sabablaridan biri suvsizlanishdir.
- Chanqamasdan oldin suv ichishni unutmang. Chanqoqlik organizm allaqachon suvsizlangani haqida signaldir.
- Mazali va chiroyli taom tayyorlang. Idishlarning to‘g‘ri taqdim etilishini e’tiborsiz qoldirmang, hatto yolg‘iz ovqatlansangiz ham.
- Barcha turdagi ziravorlar va oshko‘klardan foydalaning. Ular ishtahani oshirishga yordam beradi.
- Har doim bir vaqtda ovqatlaning. Shirinliklar va bulochkalar kabi zararli gazaklar bilan ishtahangizni buzmang.
- Vitaminlarni, ayniqsa, kuz-qish davrida iching.
- Agar chekuvchilardan bo‘lsangiz, chekishni tashlang. Tamakiga qaramlik ishtahani susaytiradi.
- Faol turmush tarzini olib boring, sport bilan shug‘ullaning va ochiq havoda uzoq vaqt sayr qiling.

Foto: Healthcart
Ehtimol, ishtahani yo‘qotish orqali tanangiz sizda qandaydir kasallik borligi haqida signal berayotgandir. Masalan, gormonlar va ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolar (gastrit, pankreatit, jigar yetishmovchiligi), buyrak yoki yurak yetishmovchiligi, onkologiya, psixologik omillar (stress, depressiya) kabilarni boshidan kechirayotgan shaxslarda ishtaha yo‘qoladi.

Qo‘shimcha tavsiyalar

Turli kasalliklarni istisno qilish uchun umumiy va biokimyoviy qon tahlilini o‘tkazing, qalqonsimon bez gormonlari darajasini aniqlang, ichki organlaringizni ultratovush tekshiruvidan o‘tkazing, gastroskopiya va kolonoskopiya qiling.

Jismonan sog‘lom odamlarda ishtahaning yo‘qligi ko‘pincha ruhiyat bilan bog‘liq: depressiya, uyqusizlik, apatiya, charchoq. Ayniqsa, xavotir va tushkunlik kabi holatlar markaziy asab tizimini sekinlashtiradigan va ishtahani kamaytiradigan stress gormonlarini chiqarishga olib keladi. Bunday hollarda psixolog bilan muammo sabablarini aniqlash kerak.

Agar yuqorida sanab o‘tilgan omillar uchramasa va inson ham ruhan, ham jismonan sog‘lom bo‘lsa, demak, u shunchaki biror taomning hidi yoki ta’mi tufayli ovqatlanishdan bosh tortayotgan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, u shunchaki o‘ziga mos kelmaydigan taomga duch kelgan, shu bois ovqat tanlaydigan kishilarga taomnoma bilan tajribalar o‘tkazib ko‘rish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kam ovqatlanish sabablari va ishtahani oshirishning 12 ta usuli