Xo‘l meva va rezavorlarni faqat kunning birinchi yarmida iste’mol qilish yaxshiroq, degan tushuncha haqiqatdan yiroqdir. Hatto ba’zi meva va rezavorlarni tunda yeyish foydali sanaladi. Agar me’yorga e’tibor qilsangiz, oshqozoningiz uchun og‘irlik qilmasa, quyidagi mevali gazaklarni kechki ovqatdan keyin ham iste’mol qilishingiz mumkin.
Foto: Wday
Gilos
Gilos osuda uyqu, go‘zallik va yoshlik garovi bo‘lgan melatonin gormonining eng yaxshi va tabiiy manbalaridan biridir.
Banan
Banan mushaklarni bo‘shashtiradigan va uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradigan ozuqa moddalariga: magniy, triptofan, vitamin B6 va kaliyga boy.
Kivi
Kivi tarkibida kayfiyatni va xatti-harakatlarni boshqarishda faol ishtirok etadigan va uyqu mexanizmida muhim rol o‘ynaydigan serotonin mavjud.
Foydali maslahat: sizga bir oz g‘ayrioddiy tuyulishi mumkin, biroq kivini po‘sti bilan iste’mol qilsangiz, organizmingiz uch baravar ko‘proq o‘simlik tolasi va C vitaminiga to‘yinadi.
Foto: Wday
Krijovnik
Toshyorardoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik buta, rezavor meva turli antioksidantlarga boydir. U oksidlovchi stress (tana hujayralarining erkin radikallar tomonidan zararlanishi) va yallig‘lanish bilan kurashishga yordam beradi. Shuningdek, krijovnik tabiiy tinchlantiruvchi — sedativ xususiyatga ega.
Tinch va sifatli uyquni ta’minlash uchun uyqu gigiyenasi deb ataladigan qoidalarga rioya qilish: yotishdan avval og‘ir taomlar yemaslik, telefonda vaqt o‘tkazmaslik, kechqurun televizor ko‘rmaslik hamda aniq uyqu rejimini o‘rnatish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi