Grechka ekologik toza mahsulot sanaladi, chunki uni parvarishlash murakkab emas va grechkani o‘stirishda kimyoviy qo‘shimchalar deyarli ishlatilmaydi. Shu sababli ham uning donlarida hech qanday zararli moddalar yig‘ilmaydi.
Grechka sog‘liq uchun o‘ta foydali mahsulot bo‘lib, u organizmning barcha fiziologik funksiyalariga ijobiy ta’sir etadi. Kuniga 150-200 gramm vitamin va minerallarga boy grechka iste’mol qilish (bir porsiya ni ikkiga bo‘lgan holda) umumiy salomatlikni yaxshilaydi.
Foto: Wday
Har kuni belgilangan normada grechkali taom yeyishning tanaga ta’siri:
Ortiqcha vazn va oshqozon kasalliklaridan xalos etadi
Grechka o‘z ichiga ko‘plab o‘simlik tolalarini oladi. Ular organizmdagi suvlarni ushlab qolib, kaionlar bilan bog‘laydi. Bu esa oshqozon-ichak tizimining yaxshi ishlashiga yordam beradi.
Grechka to‘yimli don hisoblanib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradigan mahsulotdir. Grechkadagi kletchatkada fitin kislotasi mavjud emas, bu esa kalsiy, magniy, rux va boshqa minerallarning biologik foydali tomonlarini kamaytirmasligidan dalolat beradi.
Diyetologiyada o‘simlik tolalari ikki guruhga: eriydigan va erimaydigan turga bo‘linadi. Grechka tarkibidagi asosiy kletchatka eruvchandir. Grechkadagi eruvchan kraxmalsiz polisaxaridlar tarkibida ksiloza, mannoza va galaktozalar mavjud, ular hazm faoliyatini rag‘batlantiradi.
Mushaklar mustahkam, tanangiz go‘zal bo‘ladi
Grechka organizm uchun eng muhim ozuqa moddasi — oqsil manbaidir. Grechkadagi oqsil tarkibida o‘n ikkita aminokislota mavjud. Ular tanani energiya bilan ta’minlaydi va mushaklar massasini oshiradi.
Grechkaning aminokislotalar treonin va lizin moddalarini o‘z ichiga oladi. Ular metabolizmni yaxshilaydi, gormonlarni me’yorda ishlab chiqarishga yordam beradi va barcha organlarning to‘g‘ri ishlashiga ta’sir qiladi. Xususan, lizin moddasi tanada kollagen miqdori ko‘proq ishlab chiqarilishiga hamda terining holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Grechka immunitetni oshiradi
Foto: Wday
Grechka jigar hujayralarini yog‘lanishdan himoya qiluvchi lipotrop moddalarga boy, shuning uchun bu don, ayniqsa, qand kasalligi, yurak-qon tomir kasalliklari va aterosklerozda parhezning asosini tashkil qiladi.
Grechkada temir, marganes, mis kabi minerallar bisyor. Temir qonda, jigarning beshdan bir qismida, suyak iligida va mushaklarda hosil bo‘ladi va xuddi shu miqdor hujayra fermentlarining sintezida ishtirok etadi. Marganes asab tizimining ishlashi uchun zarurdir, u lipid va uglevod almashinuvini, tiroksin (qalqonsimon gormon) almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi va qizil qon hujayralari shakllanishi va gemoglobin darajasini oshirish uchun zarurdir. Rux inson tanasi uchun temirdan keyin ikkinchi eng muhim elementdir. U yog‘lar, uglevodlar va oqsillarni sintez qilishda ishtirok etadi. Tanadagi hech bir metabolik jarayon ruxsiz sodir bo‘lmaydi.
Grechka ko‘tarinki kayfiyat baxsh etadi
Grechka tarkibida B3 vitamini (niatsin) ishlab chiqarish uchun rol o‘ynaydigan triptofan gormoni mavjud. B3 vitamini miyada serotonin — quvonch va baxt gormoni ishlab chiqarish uchun muhimdir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi