Diyetolog Yuliya Zinchenko muntazam jismoniy faolliksiz tarvuzni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish natijasida vazn ortish ehtimoli mavjudligi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tarvuzdagi fruktozaning yuqori miqdori bilan bog‘liq.
“Tarvuz ko‘p miqdorda uglevodli meva bo‘lib, unda saxaroza va fruktoza ko‘p. Bu esa qondagi glyukoza miqdorini keskin oshirishi mumkin. Tarvuz dastlab insulinning chiqarilishini, so‘ng ochlik hissini yuzaga keltiradi”, - deya tushuntirdi mutaxassis.
Diyetologning ta’kidlashicha, tarvuz yuqori glikemik indeksga ega, shuning uchun jismoniy faollik bo‘lmasa, uni ko‘p miqdorda iste’mol qilish glyukozaning yog‘ga aylanishiga olib kelishi mumkin.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bundan hosil bo‘lgan yog‘ qorin va sonlarda to‘planadi. Bundan tashqari, Zinchenko kuniga 15 grammdan ortiq fruktoza iste’moli jigarda yog‘ yig‘ilishiga sabab bo‘lishi haqida ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”