Suzish — bu deyarli hamma uchun mos bo‘lgan universal sport turlaridan biri. Keksalar, yoshlar, muntazam jismoniy faol bo‘lgan va endigina shug‘ullanishni boshlayotganlar, shuningdek, sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan insonlar uchun u birdek foydalidir.
Asosiysi, suzish mushaklar kuchi va tonusini oshiradi. Masalan, yugurishdan farqli o‘laroq, suzayotganda mushaklarimiz ko‘proq qarshilikni yengadi, chunki suv havodan ancha zichroqdir. Bu mashg‘ulotda barcha mushaklarimiz ishga tushadi va juda ko‘p jismoniy harakatni bajaradi. Suzish paytida bo‘g‘inlardagi yuk kamayadi. Yugurish yoki trenajer zalida mashq qilganda tizza bo‘g‘imlari va to‘piqlarga katta yuk tushayotganini his qilasiz, suzganda esa suvdagi vaznsizlik ta’siri tufayli bunday yuk bo‘lmaydi.
Bolalar suzishni yoshligidan boshlagani afzal. Ularni bir yoshga to‘lgunga qadar suzishga o‘rgatsa ham bo‘ladi. Chunki chaqaloqlar suvga juda yaxshi moslashadi va tezda suzishni boshlaydilar. Ma’lum bo‘lishicha, suzish bilan shug‘ullanadigan bolalar kuchliroq, shamollashga moyilligi past, harakatlar koordinatsiyasi yaxshiroq va mushaklari kuchli bo‘ladi, ular tezroq rivojlanadi.
Suzish osteoxondrozni oldini oladi va boshqa umurtqa pog‘ona kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, bu mashg‘ulot nafas olish tizimini mustahkamlaydi va yurak-qon tomir tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Suv tananing butun yuzasiga bosim o‘tkazishi hisobiga yurakka keladigan qon oqimi oshadi, bu esa yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga profilaktik ta’sir ko‘rsatadi, qondagi xolesterinni va qon bosimini pasaytiradi.
Bundan tashqari, ortiqcha vazn bilan kurashayotganlar uchun ham suzish juda foydali. Axir, bunday mashg‘ulotlar paytida ko‘p miqdorda kaloriya yoqiladi. Ma’lum bo‘lishicha, yarim soatlik suzish trenajer zalidagi bir soatlik mashg‘ulotga teng.
Suzish stressga qarshi kuchli “dori”dir. Gap shundaki, inson organizmi 80 foiz suvdan iborat, shuning uchun suv muhiti biz uchun qulay va suzishdan katta zavq olamiz.
Biroq, suzish mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud, ular: og‘ir yurak patologiyasi, nevrologik kasalliklar, teri infeksiyalari va o‘tkir xastaliklar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi