131
Shakar qaritadi: diyetolog shirinliklarning kollagen ishlab chiqarishga salbiy ta’siri haqida ogohlantirdi
Foto: Lisa.ru
Diyetolog va endokrinolog Natalya Lazurenko hatto sog‘lom ovqatlanish tartibiga rioya qilganda ham, shakarning qarish jarayoniga bevosita ta’sir qilishi haqida ma’lumot berdi.
So‘nggi yillarda o‘tkazib kelingan tadqiqotlar qondagi ortiqcha shakar glikatsiya deb ataladigan jarayonni rag‘batlantirishi mumkinligi, bu esa, o‘z navbatida, terining qarishiga olib kelishini qayta va qayta isbotlamoqda.
Shifokor Lazurenko Kaliforniya universiteti tadqiqotlariga tayangan holda, qayta ishlangan oziq-ovqatlar tarkibidagi shakar erta qarish jarayonini tezlashtirishi mumkinligini eslatib o‘tdi. Endokrinolog buning sababini glikatsiya bilan izohladi.
Cambridge Beauty Academy
Glikatsiya bu — shakarning inson tanasidagi oqsillar bilan tabiiy birikmasidir. Bu jarayon biriktiruvchi to‘qimalarning qattiqlashishiga va kollagen tolalarining zichroq bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli yuzda ajinlar paydo bo‘ladi, teri ko‘p miqdorda namlikni yo‘qotadi va epidermis hujayralarida ko‘plab oksidlovchi moddalar to‘planadi. Bularning barchasi yuz terisining holatiga salbiy ta’sir qiladi: yuzga ajin tushib, nosog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shuningdek, glikatsiya semizlik, diabet va yurak-qon tomir kasalliklari, jumladan, ateroskleroz kabi kasalliklarning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Erta qarish xavfini kamaytirish uchun shifokor oddiy uglevodlar va shakar iste’molini kamaytirishni, ko‘proq o‘simlik tolalari mavjud oziq-ovqatlar, donlar va antioksidantlarga boy mahsulotlarga urg‘u berishni tavsiya qildi.
Foto: iStock
Diyetolog so‘zlariga ko‘ra, mahsulotlarning tarkibini sinchkovlik bilan o‘qib chiqish, tarkibdagi birinchi yozuvga katta ahamiyat berish lozim, chunki birinchi navbatda yozilgan tarkib mahsulotning asosiy qismini tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi