Internet bloggerlaridan biri Sanjar Said yana bir dolzarb mavzuni ko‘tardi. U muxolifatchilar va terrorchilarning internet orqali olib borayotgan hujumlarini aniq tushuntirib, odamlarni ogohlikka chaqirmoqda.
«Sahih hadislar, Qur’oni karim, diniy savol-javoblar, turli ma’rifiy maqolalar e’lon qilinayotgan sahifa, guruh, telegram kanallari, soxta profillar ko‘paygandan ko‘paygan. Ular odamlarni jalb qilish, ko‘proq a’zolarni to‘plash maqsadida avval ishonchli, qiziqarli ma’lumotlardan “xo‘rak” tayyorlaydi, maqsadga erishib, odamlar ishonchi va mehrini qozonib bo‘lgandan keyin esa asl maqsadga ko‘chib, ig‘vo, fisqu fasod tarqatish, O‘zbekistonda siyosiy, ijtimoiy beqarorlikni keltirib chiqaradigan ma’lumotlarni e’lon qilishni boshlaydi.
Yaqindagina telegramdagi “Eng kizikarli TV” kanali “Million konserti 2016” degan videoda O‘zbekistonda taqiqlangan diniy ma’ruzani e’lon qildi. Uni qancha odam ko‘rgani, kimga qanday ta’sir qilgani Xudoga ayon. Soxta salafiylar, diniy ulamolar nomidan buzg‘unchi axborotlar tarqatilayotgan bu kabi holatlar, bunday misollarni ko‘p keltirish, uzoq sanash mumkin.
Shunday ekan, internetda kimlar bilan do‘st tutinayotganimiz, qanday manbalarga murojaat etayotganimiz, qaysi sahifalarga “layk”, “klass” bosib, telegramdagi qaysi kanallarga qo‘shilayotganimizga e’tibor qilaylik. Internet orqali biror diniy yoki siyosiy ma’lumot qidirsak, “.uz” domeniga murojaat qilsak etarli. Diniy savollar bo‘yicha masjid imomlari, O‘zbekistondagi diniy tashkilotlarga murojaat etaylik, hozir deyarli hamma ko‘zga ko‘ringan masjidning o‘z sayti, feysbuk, telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari, juda ko‘p diniy ulamolarning profillari bor.
BILIB QO‘YING BU JINOYaT
To‘g‘ri, internetda kimningdir profilini tekshirib, kimlar bilan nimalar yozishayotganini nazorat qilishga texnik yoki jismoniy jihatdan imkon bo‘lmasligi mumkin, ammo biror joyda telefoningizdan taqiqlangan ma’ruza yoki siyosiy material, yozishmalar topilib qolsa bormi, oqibati juda yoqimsiz tugashi mumkin. Chunki ulardan foydalanish, olib yurish va tarqatish O‘zbekistonda jinoyat hisoblanadi. Bilib-bilmasdan yo‘l qo‘ygan xatomiz esa faqatgina o‘zimiz emas, oilamiz, yaqinlarimiz, real va virtual hayotdagi do‘stu yaqinlarimizga ham ta’sir qilishi mumkin.
Chetdan turib talvasaga tushayotganlarga esa e’tibor bermang. Ular bilan shug‘ullanadiganlar bor, biz esa shunchaki diqqat qaratmasdan, “ignor” qilsak kifoya, shuning o‘zi ular uchun katta jazo.»
Sanjar Said
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi