Odatda, insonlarning 80 foizdan ko‘pi oylikdan maoshgacha kun ko‘radi. Xabardor.uz ma’lumotida yozilishicha, Ko‘p insonlar tinimsiz kreditlar, rejada yo‘q bo‘lgan xarajatlar, sovg‘alar… Ayrimlar topgan maoshini keyingisini olgunga qadar sovurib yuborishga odatlangan.
Bunday yashash jonga tegdimi? Biz nima sababdan hamyoningiz doim bo‘sh bo‘lib qolishining asosiy sabablarini aytib o‘tamiz. Ulardan hech bo‘lmasa birginasini to‘g‘rilashga harakat qiling — balki shu yo‘l bilan yashash tarzining yangi darajasiga ko‘tarilarsiz.
Shaxsiy byudjet
O‘z pullaringizni nimaga sarf qilayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Yaxshisi, so‘nggi haftada qilgan barcha xarajatlaringizni yozib chiqing. Barcha olingan mahsulotlar chindan ham zarurmi? Ayrim mahsulotlardan pulni tejash mumkinmi? Byudjet rejasi yo‘qligi — sizning iqtisodiy farovonlik kemangizni asosiy teshigidir. Agar shaxsiy byudjetingizni hech bo‘lmasa, bir oyga to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganmasangiz moliyaviy ahvol ijobiy tomonga o‘zgarmaydi.
Iqtisodiy savodsizlik
Ha, bu tabiiy holat. Er sharining katta qismi — iqtisodiy jihatdan savodsiz. Universitetni tamomlagan insonlar asosiy iqtisodiy sharoitlarni tushunish shart emas, deb hisoblashadi. Buni bir yo‘l bilan to‘g‘rilash mumkin: atrofda nima bo‘layotgani bilan qiziqing, neft narxi pul birligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga harakat qiling. Qarabsizki, aslida pullar qayerdan kelayotganini tushunasiz.
Moliyaviy loqaydlik
Ko‘plab insonlar ularning istiqboli normal maoshlarga yomonlasha boshlaganiga qo‘l siltab ketishadi. Pulni to‘g‘ri investisiya qilish va ortiqcha mablag‘larni qanday tasarruf qilish haqida rejalar tuzish o‘rniga ular o‘z shaxsiy maoshlariga tayanib, pul zaxiralarini ko‘paytirish haqida bosh qotirishni istashmaydi. Moliyaviy loqaydlik iqtisodiy tushkunlikka olib keladi. Buni muhim maqsadlarga maksimal konsentrasiya qo‘ygan holda bartaraf etish mumkin.
Pul - kul
Pullar muhim emas. Ular sizni baxtli qilmaydi. Man shunday fikrga qanday qaraysiz? Albatta, pullar muhim narsa emas. Ba’zida oilangiz uchun yanada qulayroq sharoitlar yaratib berish uchun pul topa olmay qolasiz, biroq siz — birgasiz. Yodda tuting, siz tovar-pul munosabatlaridan jirkanishni to‘xtatmas ekansiz, pul chindan ham yaxshi hayot asosi ekanligini tushuna olmaysiz.
Kimlardir yomonroq yashaydi
Qashshoqlashgan haqiqatdan qochishning yana bir usuli. Uzoqroqda turgan yigitdan ko‘proq maosh olishingizni tushunish sizni badavlat qilmaydi. Shunchaki sizni ovutadi va bir joyda ushlab turadi. Bu xuddi mana shunday o‘y: «Hech qisi yo‘q, Afrikada bolalar mutlaqo och!».
Dangasalik
To‘qqizdan oltiga qadar ishlash qiyinmi? Ish tartibi shundaymi? Aslida, undan ham ko‘proq ishlay olishingiz mumkin. O‘ylab ko‘ring, tushlik tanaffuslari uchun qancha vaqt sarflaysiz? Ish uchun esa aslida qancha vaqt ketadi — internet o‘yinlari uchun ketgan vaqtni hisoblamasangiz kerak? O‘zingizdan nolishni to‘xtating. Yaxshi mablag‘ topish niyatidamisiz — ko‘proq ishlang.
Yomon insonlar
Siyosatchilar bizlarni qutqaradi. Ular albatta, o‘rta tabaqa vakillari haqida qayg‘urishi lozim. Biroq, ular bo‘lmasa, sehrgar uchib keladimi? O‘z iqtisodiy holatingizda o‘zgalarni ayblash — idrok darajasining yaqqol misoli. Siyosatchilarga suyanib yashashni to‘xtating va o‘z pullaringiz haqida qayg‘urishni o‘z qo‘lingizga oling. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."
“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!