12:50 / 15.10.2016
9 574

Ayollar fikricha, ideal erlarga xos 12 fazilat

Ayollar fikricha, ideal erlarga xos 12 fazilat

Nima deb o‘ylaysiz ayollar qanday erkaklarni o‘zlari uchun ideal er deb hisoblaydilar? keling quyidagi so‘zlarni o‘qib bilib olamiz.

1) Yaxshi er bo‘lishning eng muhim sharti – oila saltanatida sabr-toqatli, og‘ir-vazmin, mulohazali, kezi kelganda hazil-mutoyibaga moyil va albatta mas’uliyatli insonga aylanishdir.

2) Rafiqangiz bilan tez-tez suhbatlashib turing. Biror qaror qilishda ayolingizning ham fikrini biling. Bu ayolingizga bo‘lgan chuqur hurmat ramziga aylanadi.

3) Imkon qadar shirinso‘z va muloyim bo‘ling. Takabbur odam hech kimga yoqmaydi. Iliq, mehrli, ijobiy, tushunadigan va do‘stona kayfiyatda bo‘lsangiz, ayolga baxtiyor hayotning deyarli yarmini tuhfa etgan bo‘lasiz.

4) Rafiqangizni tinglang. Faqat siz emas, turmush o‘rtog‘ingizga ham so‘zlashiga qo‘yib bering. Uning fikr-mulohazalarini inobatga oling.

5) Kun davomida rafiqangizni samimiy quchoqlab, qo‘lidan tutishga odatlaning. Bu er-xotin o‘rtasidagi ishonch va muhabbatni oshiradi.

6) Rafiqangizni maqtab turing. Uning soch turmagi, yangi kiyimi yoki sumkasini maqtab turing. Ayniqsa, ovqatdan so‘ng rahmat aytib, taomning mazali chiqqanini izhor qilishni unutmang.

7) Rafiqangizga xizmat qiling. Misol uchun, oshxonaga chiqsangiz, ayolingizdan ham unga biror nima kerakligini so‘rasangiz, siz eng yaxshi e’tiborli er ekansiz.

8) Rafiqangizni hayratda qoldirib turing. Uyga gul yoki shokolad ko‘tarib kelish uchun biror sababga hojat yo‘q! Hatto to‘satdan berilgan oddiygina foydali krem yoki upa ham ayolning quvonchiga sabab bo‘ladi.

9) Farzand, oila tashvishi tufayli yillab uyda qolib ketishga to‘g‘ri keladi. Er va xotin ko‘pincha turmush tashvishlari sabab bir-birin yo‘qotib qo‘yadi. Shunday mahalda rafiqangizni kino yoki teatrga, chog‘roqqina tamaddixonaga kechki ovqat uchun taklif qiling.

10) Rafiqangiz uchun vaqt ajrating. To‘g‘ri, oilani ta’minlash oson emas. Buning uchun vaqt va quvvat kerak. Ammo ayolning sizdan bo‘lak yaqini yo‘q. Agar o‘rningiz yo‘qolishini istamasangiz, rafiqangiz bilan unga kiyim tanlash yoki ro‘zg‘or qilgani bozorga birga boring. Bu orqali siz uning sizga bo‘lgan ishonchi va hurmatini qozonasiz.

11) Turmush o‘rtog‘ingizga uy yoki oshxona ishlariga ham ko‘maklashsangiz, oilaviy rishtalar mustahkamligiga xizmat qilgan bo‘lardingiz.

12) Rafiqangizni asrab-avaylang. “Kimki keksalikda qadr-qimmat istasa, yoshligida oilasini qadrlasin”, degan fikrda jon bor. Ayolni qadrlash – oilani qadrlash bilan barobar. Ayolingiz betobligida, homilador chog‘ida unga oyoqqa turishiga ko‘maklashing.

Manba: Mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayollar fikricha, ideal erlarga xos 12 fazilat