Uydagi yumushlarni yengillashtiradigan maishiy texnika va qurilmalarning xizmat qilish muddati ulardan to‘g‘ri foydalanish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga bog‘liqdir. Quyida texnikani ishlatishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatoliklar haqida so‘z boradi.
1. Kir yuvish mashinasiga ortiqcha kiyim yuklash
Foto: Lifehacker.ru
Kir yuvish mashinasini ishlatishda yuk og‘irligiga rioya qilish kerak. Mashinani teng ravishda yuklash, katta buyumlarini kichik narsalar bilan yuvish yaxshiroq.
Kiyimlar baraban atrofida harakatlanishi va yaxshilab yuvilishi uchun bo‘sh joy kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, og‘ir kirlar barabanda nomutanosiblikni keltirib chiqaradi va texnikaning turli qismlari tezroq ishdan chiqadi. Yuvishdan avval kiyim cho‘ntaklarni tekshirish, tanga, karta va boshqa mayda temir narsalarni olib tashlash tavsiya etiladi.
2. Sovitkich kondensatorini tozalamaslik
Foto: Lifehacker.ru
Kondensatorlar kompressorni sovitishga yordam berish vazifasini bajaradigan muhim qismdir, lekin agar u chang bilan qoplansa, atrofidagi issiqlik almashinuvi buziladi va kondensator yomonroq ishlaydi, qizib ketadi va tez ishdan chiqadi.
Kondensatorni tozalashdan avval muzlatkichni tokdan o‘chirish, maxsus cho‘tka bilan quruq tozalash yoki kichik nasadkali changyutgichdan foydalanish mumkin. Eski muzlatkichlarda kondensator orqada, yangi muzlatkichlarda esa pastki qismida joylashadi.
3. Idish yuvish mashinasi uchun mo‘ljallangan tuz o‘rniga oddiy osh tuzidan foydalanish
Foto: Lifehacker.ru
Idish yuvish mashinalarida suvni yumshatish uchun maxsus ion almashinuv moslamasi mavjud. Qurilmada to‘plangan barcha suyuqlik ikki komponentning reaksiyasiga uchraydi, natijada shisha idishlar yuvilganda hech qanday iz qolmaydi va yarqirab turadi. Oddiy suvdan so‘ng esa doimo oq dog‘lar qoladi.
Oddiy osh tuzi singari, idish yuvish mashinasi tuzi ham natriy xloriddan iborat, ammo bu ikkisini birdek qo‘llash mumkin emas. Bunday odat yaqin kelajakda idish yuvish mashinasini katta pulga ta’mirlatishga sabab bo‘ladi.
4. Nam yerlarni changyutgich bilan tozalash
Gap aynan quruq tozalash uchun mo‘ljallangan changyutgich modellari haqida ketmoqda. Ular namlikda ishlash uchun mo‘ljallanmagan. Nam qoldiqlar changyutgich ichida tiqilib qolishi va keyinchalik o‘tkir hid keltirishi va hatto mog‘orlashi mumkin. Shuningdek, namlik tufayli changyutgich motorida qisqa tutashuv yuzaga kelishi ehtimoldan holi emas. Bunday holatda qurilmani qismlarga ajratib, alohida tozalash kerak bo‘ladi.
5. Elektr choynakka me’yordan ortiq suv solish
Bejizga elektron choynak va dazmollarda maksimal suv solish miqdori ko‘rsatilgan belgi qo‘yilmaydi. Aks holda qaynoq suvning atrofga sachrashi, qisqa tutashuv sodir bo‘lishi yoki choynakdagi isitish elementlari korroziyaga uchrashi mumkin.
6. Filtrlari ifloslangan konditsionerdan foydalanish
Foto: Lifehacker.ru
Konditsioner havo filtrlari bir yilda kamida ikki marotaba tozalanishi kerak. Konditsioner feni o‘zidan xonadagi havoni aylantirishi natijasida havo tarkibida bo‘lgan barcha changlar va kasallik tarqatuvchi mikroblar filtrda qolib ketadi. Agarda filtrlar o‘z vaqtida tozalanmasa, ular to‘lib ketadi. Natijada nafaqat xonadagi havo ifloslanadi, balki konditsioner ishlash vaqti qisqaradi. Undagi kompressorni almashtirish xizmati juda qimmatga tushadi.
7. Mikroto‘lqinli pechga folga va metall idishlardagi ovqatni isitish
Metall mikroto‘lqinlarni o‘zidan tashqariga aks ettiradi, bu esa metall idish bilan mikroto‘lqinli pech orasida uchqun paydo bo‘lishiga olib keladi. Ular ichki kameraga zarar yetkazishi yoki hatto yong‘inga olib kelishi mumkin. Agar zudlik bilan texnika o‘chirilmasa, pech kuyib qoladi va magnetron shikastlanadi. Xuddi shunday hodisa alyumin folgasi bilan ovqat isitilganda ham sodir bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Putin Suriyadagi vaziyatdan foyda ko‘rgan davlat nomini aytdi
Shavkat Mirziyoyev rossiyalik generalning o‘limi munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi
General Kirillovning qotillik ishi ochilishida O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etadi